Kirish Ro'yxatdan o'tish

Angliya Premyer Ligasida tarixiy rekord o‘rnatildi

Angliya Premyer Ligasida tarixiy rekord o‘rnatildi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer Ligasining 2-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

APLning mazkur turidagi 10 ta o‘yinda jami 44 ta gol urildi. Bu Angliyada 20 ta klub ishtirok etayotgan davr uchun rekord natija hisoblanadi.

Bundan avvalgi rekord 2010/11 yilgi mavsumning 24-turida qayd etilgandi. To‘qqiz yil avval bir tur davomida 43 ta gol urilgan.

Qayd etish joiz, 2-turdagi o‘nta o‘yinning hammasida gol urildi. Uchta bahsda yettitadan to‘p kiritilgan: «Everton» — «Vest Hem» (5:2), «Lids» — «Fulhem» (4:3) va «Sauthempton» — «Tottenhem» (2:5). Eng kam gol «Aston Villa» — «Sheffild Yunayted» bahsida (1:0) qayd etilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:23, 22.09.2020.
O'qildi: 6324 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик