Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks - Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal - Qayrat
29/01 01:00 Monako - Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao - Sporting
29/01 01:00 Atletiko - Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer - Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D - Inter
29/01 01:00 Bryugge - Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F - Tottenhem
29/01 01:00 Barselona - Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul - Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti - Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos - Slaviya
29/01 01:00 PSJ - Nyukasl
29/01 01:00 PSV - Bavariya
29/01 01:00 Benfika - Real Madrid
29/01 01:00 Napoli - Chelsi
29/01 01:00 Yunion - Atalanta

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Bavariya» «Barselonaga» qarshi!

Myunhenning «Bavariya» jamoasi “Ayaks” himoyachisi Sergjino Dest borasida rasmiy taklif bilan chiqdi.

Bild nashrining ma’lum qilishicha, Myunhen klubi yaqin besh kun ichida Destni rasman tanishtiradi. Manbaning ma’lum qilishicha ushbu transfer uchun «Bavariya» 20 million yevrodan voz kechgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Barselona» Serjino uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgan edi.

Genduzi qoladimi?

Londonning “Arsenal” jamoasi yarim himoyachisi Matteo Genduzi faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi.

“Lʼequipe” nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishni istamayapti. Shu sababli, Matteo klub rahbarlaridan uni qo‘yib yuborishlarini rasman iltimos qilgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, 21 yoshli futbolchining agenti ayni damda mijoziga yangi jamoa izlamoqda.

«Yuve» ishga kirishmoqda

Turinning «Yuventus» jamoasi «Chelsi» qanot himoyachisi Emersonni qo‘lga kiritish niyatidan qaytgani yo‘q.

LGDS nashrining ma’lum qilishicha, jamoa mavsum oldi mashg‘ulotlarni jarohat sababli o‘tkazib yuborgan Aleks Sandroning o‘rnini aynan Emerson bilan to‘ldirmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Emerson bilan Milan shahrining boshqa klublari ham qiziqib qolgan.

Xedira Parijga yo‘l oladimi?

Turinning «Yuventus» jamoasi yarim himoyachisi Sami Hedira PSJ e’tibor markaziga tushib qoldi.

Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, Tomas Tuxel Hedira singari ijrochini tekinga qo‘lga kiritishga qarshi emas.

Ma’lumotlarga qaraganda, PSJ germaniyalik futbolchining klub bilan shartnomani bekor qilishini kutmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:40, 22.09.2020.
O'qildi: 10152 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.