Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Bugun bo‘lib o‘tadigan UYEFA superkubogi haqida batafsil ma’lumot

Bugun bo‘lib o‘tadigan UYEFA superkubogi haqida batafsil ma’lumot

Baho:
+ | -

Bugun UYEFA superkubogi sovrini uchun uchrashuv bo‘lib o‘tadi. U haqidagi barcha ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Qachon va qayerda?
UYEFA superkubogi 24 sentyabr, payshanba kuni Budapesht shahridagi "Pushkash Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Yevropa ligasi g‘olibi "Sevilya" va Chempionlar ligasi g‘olibi "Bavariya" klublari to‘qnash kelishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Avvalgi yillarda UYEFA superkubogi Praga (2013), Kardiff (2014), Tbilisi (2015), Tronxeym (2016), Skopye (2017), Tallin (2018) va Istanbul (2019) shaharlarida o‘tkazilgan. Ungacha esa uchrashuv doimiy ravishda Monakoda tashkil etilgan.

2020 yilgi bahs dastlab 12 avgust kuni Portu shahridagi "Dragau" stadionida o‘tkazilishi kerak edi. Ammo COVID-19 pandemiyasi tufayli o‘yin Budapeshtga ko‘chirildi.

UYEFA superkubogi nima?
Ikkita yevrokuboklarning g‘oliblari o‘rtasida o‘yin tashkil qilish g‘oyasi niderlandiyalik jurnalist Anton Vitkampga tegishli. Chempionlar kubogi/CHempionlar ligasi g‘olibi doimo unda ishtirok etib kelgan. Ikkinchi ishtirokchi sifatida turli yillarda yo Kubok egalari kubogi (1972-1999), yoki UYEFA kubogi/Evropa ligasi (2000-...) g‘olibi tanlangan.

Kim ko‘p g‘olib chiqqan?
2019 yilda UYEFA superkubogini "Liverpul" qo‘lga kiritgan. Ammo YECHL g‘olibi hamisha ham Superkubokda g‘alaba qozonavermagan. Shu paytgacha Superkubok uchun o‘tkazilgan 44ta bahsning 24tasidagina Chempionlar kubogi/CHempionlar ligasi sohibi g‘alaba qozongan. "Barselona" va "Milan" klublari UYEFA superkubogini qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi hisoblanishadi — 5 martadan.

Keyingi UYEFA superkubogi uchun bahslar qayerda o‘tkaziladi?
Keyingi 3 yilda UYEFA superkubogi uchun uchrashuv quyidagi shaharlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan: Belfast (2021), Xelsinki (2022) va Qozon (2023).

Taxminiy tarkiblar

"Bavariya": Noyer; Ernandes, Boateng, Alaba, Devis; Goreska, Kimmix; Sane, Myuller, Gnabri; Levandovski
"Sevilya": Bunu; Navas, Kunde, Diyego Karlos, Eskudero; Rakitich, Fernando, Xordan; Suso, En-Nesiri, Okampos

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:13, 24.09.2020.
O'qildi: 9640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.