«Bavariya» hujumchisi Tomas Myuller «Sevilya»ga qarshi bo‘lib o‘tgan UYEFA superkubogi uchun o‘tkazilgan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Budapeshtda o‘tkazilgan bahsda myunxenliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. «Bavariya» esa g‘alaba to‘pini qo‘shimcha bo‘limlarda kiritishdi.
Myuller 120 daqiqa davomida maydonda harakat qildi.