Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

«Yuventus»ni tark etadigan ikki futbolchi nomi ma’lum qilindi

«Yuventus»ni tark etadigan ikki futbolchi nomi ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi kelasi haftada Sami Xedira bilan shartnomasini bekor qiladi. Bu haqda italiyalik taniqli jurnalist Fabrisio Romano xabar berdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar shartnomani bekor qilish borasida muzokara olib bormoqda. Bir muddat oldinroq Xedira shartnoma bekor qilinishi uchun 3 million yevroga ega bo‘lishni xohlayotgani aytilgandi. Samining «Yuve» bilan shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga yetadi. U hozirda yiliga 6 million yevro maosh oladi.

Shuningdek, «Yuventus» ayni damda jamoa vingeri Duglas Kostani sotib yuborish borasida o‘ylamoqda. Avvalroq braziliyalik futbolchiga «Barselona» va «Vulverhempton»dan qiziqish borligi aytilgandi. Biroq ikkala klubdan ham turinliklarga rasmiy taklif kelib tushmagan.

Ma’lumot uchun, Xedira 2015 yilda «Real»dan «Yuventus»ga o‘tgandi. Duglas Kosta esa 2017 yildan beri Turin klubi sharafini himoya qilib keladi. Uning avvalgi jamoasi «Bavariya» edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:19, 25.09.2020.
O'qildi: 5872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик