Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Ro‘ziqul Berdiyev: «Ikkala jamoa ham mag‘lub bo‘lishga loyiq emasdi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Ikkala jamoa ham mag‘lub bo‘lishga loyiq emasdi»

Baho:
+ | -

«Navbahor» — «Nasaf» uchrashuvidan keyin qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Bugun ikki jamoa ham yaxshi saviyadagi o‘yin ko‘rsatdi. Bellashuv keskin kurashlarga boy bo‘ldi, Bugun kimdir mag‘lubiyatga uchraganda bu o‘sha jamoa uchun alamli mag‘lubiyat bo‘lardi. Bugungi during natija adolatli bo‘ldi. Ikkala jamoa ham g‘alaba uchun maydonga tushgandi. Ammo tomonlar yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadi. Bu esa o‘z o‘rni ikki jamoa uchun ham muammoga aylandi. O‘z o‘yinimiz haqida gapiradigan bo‘lsa biz to‘pni nazorat qilishdi ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bugungi bahsda asosiy rejamiz to‘pni ko‘proq nazorat qilish edi. Ammo to‘p nazoratida shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ydik va buning oqibatida ko‘p to‘p yo‘qotishlar yuzaga keldi. Biz g‘alabaga yaqin edik. Buning uchun birinchi bo‘limda yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishimiz kerak edi. «Navbahor» jamoasini o‘rganganimizda bilardikki ular standart vaziyatlardan unumli foydalanishadi va bunday vaziyatlarni kutib turishadi. Futbolchilarimizni qo‘polliklari evaziga ular standart vaziyatlarga ega bo‘lishdi va xavfli vaziyatlar yarata olishdi. Mening fikrimcha ikkala jamoa ham bugun mag‘lub bo‘lishga loyiq emasdi. Natija adolatli bo‘ldi.” – deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

— So‘ngi besh yilgi natijalarga ko‘ra nima deya olasiz? Bugungi o‘yinga jamoangizning yetakchi o‘yinchilarini zaxiradan maydonga tushirishingizga nima sabab bo‘ldi?

-«Navbahor» jamoasini ham hurmat qilish kerak. Bu jamoa biz uchun noqulay raqib desak bu ozgina noto‘g‘ri bo‘ladi. Tan olish kerak Namanganda futbolni har doim sevishgan, futbolga e’tibor bo‘lgan va yaxshi jamoa shakllangan. «Navbahor» jamoasi bilan ko‘p during qayd etilayotganini tasodif deb o‘ylayman. Chunki ikkita jamoa ham har bir uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga tushmoqda. Agar birinchi davradagi o‘yinni eslasak biz mag‘lubiyatga uchrab turgan vaziyatda durangga erishgan edik. Bugun ham ikkala jamoa faqat g‘alaba uchun harakat qildi. Yaxshi vaziyatlar yaratildi. Qayerdadir darvozabonlar yaxshi harakat qilishdi. Qayerdadir hujumchilarga sovuqqonlik yetishmadi.

— Yetakchi futbolchilar haqida gapiradigan bo‘lsam, ularni maydonga tushirmadikmi demak bunga yetarli asoslar bor. Bozorov o‘tgan turda maydonga tushishi kerak edi ammo uchrashuv boshlanishidan avval o‘ynay olmasligini bildirgandi va uning o‘rniga Norchayevni maydonga tushirgan edik. Oybek Bozorov «Andijon» jamoasi bilan bo‘lgan o‘yinda jarohat olgan edi. Shuning uchun bugun tavakkal qilmadik va uni zaxiradan maydonga tushirdik. Stanoyevichning ham maydonga tushmaganligiga o‘z sabablari bor. Oxirgi uch kunda u biz bilan kamroq mashg‘ulotlarda qatnashdi. Oshqozoni bezovta qilayotganligi sababli uning ham holati yaxshi emasdi. Shu tufayli ular bugun zaxiradan maydonga tushishdi.

— Sizningcha, jamoangiz bu yilgi chempionatda medallar uchun kurasha oladimi?

— Agar o‘yinimizni oladigan bo‘lsak biz munosibmiz. Bunga o‘zlaring guvohi bo‘lyapsizlar. O‘yinning mazmuni yoki sifati bo‘yicha boshqa jamoalardan qolishayotgani yo‘q, lekin buni vaqt ko‘rsatadi. Hali oldidan o‘yinlar ko‘p. Maqsadimiz ham medallar uchun kurashish. Barcha jamoalar bilan o‘ynab chiqdik. Qaysidir jamoalar bilan bir martdan, qaysidirlari bilan esa ikki martdan o‘ynashga ulgurdik. Har bir jamoa bilan o‘ynashga qodirmiz. Biz medallar uchun kurashamiz.

— Nima deb o‘ylaysiz bugun jamoangiz ikki ochko yo‘qotdimi?

— Yuqorida ham aytib o‘tdim. Bugun ikkala jamoa ham mag‘lub bo‘lishga xaqili emasdi. Durang adolatli bo‘ldi. Agar biz birinchi bo‘limdagi vaziyatlarni golga aylantirganimizda biz g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Aksincha ikkinchi bo‘limda «Navbahor» jamoasi vaziyatlarni golga aylantirsa mezbonlar g‘alaba qozonar edi. Albatta, men Murabbiy sifatida ikki ochko yo‘qotdim deyishim mumkin. Biz medallar uchun kurashmoqchi bo‘lsak bizga uch ochko kerak edi. Lekin bugun g‘alabaga munosib, raqibdan ustun o‘yin namoyish etmadik. Shu sababli bugungi natija adolatli bo‘ldi.

— Bizga yetib kelgan ma’lumotlarga qaraganda «Nasaf» jamoasi besh oydan buyon maosh olmayotgan ekan. Bunday vaziyatda jamoani ruhiy tayyorlash qanday kechyabdi? Bu sizga qanchalik murakkablik tug‘dirmoqda? Moliyaviy masalalarga qanday izoh berasiz?

— Bu masala ko‘rib chiqildi. Rahbariyat bilan bu masalada uchrashdik. Qarzdorlik mavjud. Lekin avval ham aytib o‘tganimdek biz maydonga chiqqanimizdan so‘ng kurashayabmiz. Yigitlarga ham bu narsalarga kamroq e’tibor berishlarini ta’kidlaymiz. Ruhiy tarafdan tayyorlanishga ko‘proq urg‘u beramiz. Yana bir tarafi borki, bizning futbolchilarning ko‘pi hali yosh. Ular hali rivojlanishlari kerak. Bu omillar ularni o‘ylantirishi kerak emas. Futbolchilarimiz ham buni tushunib harakat qilishmoqda. Avval ham aytib o‘tgandim, biz homiylarimizga ishonamiz. Kecha viloyat hokimi bilan ham uchrashdik. U kishi hamma vaziyatdan xabardor. Komadamiz viloyat hokimining e’tiborida. Har bir o‘yinimizdan so‘ng tabriklab o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashadilar.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:41, 26.09.2020.
O'qildi: 2833 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.