Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

APL. «Chelsi» 3ta to‘p farqidagi mag‘lubiyatdan chiqib ketdi

APL. «Chelsi» 3ta to‘p farqidagi mag‘lubiyatdan chiqib ketdi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan eng qiziqarli uchrashuvlardan biri bo‘ldi. «Chelsi» safarda "Vest Bromvich" mehmoni bo‘ldi. Lempard shogirdlari birinchi bo‘limda o‘ta qiyin ahvolga tushib qolib, ikkinchi taymda qahramonlarcha mag‘lubiyatdan qutulib qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Londonliklar o‘yin boshidanoq to‘p nazorati bo‘yicha ustunlikka ega bo‘lgan bo‘lsalar-da, mezbonlar tanaffusga qadar qarshi hujumda "Chelsi" darvozasiga 3 marta yo‘l topishdi.

"Ko‘klar" kambekni 55-daqiqadan boshlashdi. Maunt dastlabki javob to‘piga mualliflik qilgan bo‘lsa, oradan 15 daqiqa o‘tib Xadson-Odoi ikkinchi to‘pni "Vest Brom" darvozasiga joyladi. O‘yinga qo‘shib berilgan uchinchi daqiqada esa Temmi Abraxam hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu durang tufayli "Vest Bromvich" mavsumdagi ilk ochkosini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Chelsi"ning ochkolari 4taga yetdi.

APL, 3-tur
Vest Bromvich – Chelsi 3:3 (3:0)
Gollar: 1:0 – 4 Robinson, 2:0 – 25 Robinson, 3:0 – 27 Bartli, 3:1 – 55 Maunt, 3:2 – 70 Xadson-Odoi, 3:3 – 90 Abraxam.
Vest Bromvich – Jonston, Bartli, O`SHi, AJayi, Ferlong, Livermor, Diangana (Fillips, 74), Mateus Pereyra (Fild, 90), Soyers, Robinson (Robson-Kanu, 66), Taunsend.
Chelsi – Kabalyero, Alonso (Aspilikueta, 46), Kristensen, Tiago Silva (Jiru, 73), Jeyms, Maunt, Kante, Xaverts, Kovachich (Xadson-Odoi, 46), Verner, Abraxam.
Ogohlantirishlar: Alonso (8), Jeyms (27), Ferlong (82), Kristensen (86).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:33, 26.09.2020.
O'qildi: 4155 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик