Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Cheran: «Hech qanday oldindan o‘ylangan reja yo‘q»

Cheran: «Hech qanday oldindan o‘ylangan reja yo‘q»

Baho:
+ | -

Toshkentning «Paxtakor» jamoasi hujumchisi Dragan Cheran Osiyo Chempionlar ligasi va jamoaning tayyorgarlik jarayoni haqida fikr bildirib o‘tdi.

- Salom Dragan. «Istiqlol» kuchli klub edi. Shu sababli, ularga alohida taktikadan foydalanildimi? Biror bir oldindan o‘ylagan reja bor edimi?

- Ochig‘i, hech qanday oldindan o‘ylangan reja yo‘q edi. Biz musobaqadagi barcha uchrashuvlarda o‘z uslubimizda to‘p suryapmiz. Raqibning kim bo‘lishi muhim emas. Asosiysi o‘z uslubimiz bilan natija ko‘rsatish.

- Shota Arveladzening ahvoli qanday?

- Uning ahvoli ancha yaxshi. Kasallik yengil o‘tmoqda. Tez orada safimizga qaytadi degan umiddaman.

- «Istiqlol» bilan o‘yindan so‘ng, jamoaning ruhiy holati qanday?

- Juda ajoyib kayfiyatdamiz. Yigitlar juda xursand. Barchamiz, katta yo‘lni bosib o‘tganimizni his etyapmiz. Endi yana oldinga qadam tashlashimiz lozim. Asosiysi, yigitlar o‘rtasida hurmat mavjud. Shu omil sababli ahillikni ushlab turibmiz.

- Shota Arveladzening yo‘qligi jamoani qiyin ahvolda qoldirmadimi?

- Menimcha yo‘q. Sababi, deyarli har kuni u bilan telefon orqali suhbatlashyapmiz. Uning yordamchilari Shotaning ko‘rsatmalarini bizga yetkazib turibdi.

- Nima uchun «Paxtakor»da vaziyatlardan foydalanish biroz oqsamoqda?

- Vaziyatlardan foydalanish borasida oqsayapmiz deya olmayman. Shunchaki, omad kelmayapti xolos. Shunga qaramay, kerak pallada gol kiritishni uddalayapmiz. Bunday uchrashuvlarda birgina gol o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin.

- Musobaqaning bunday formatda o‘tkazilishi noqulay emasmi? Musobaqa Toshkentda davom ettirilganda jamoaning imkoniyatlari oshgan bo‘lar edimi?

- O‘ylashimcha vaziyat hamma uchun teng. Biz aynan shunday formatdagi musobaqaga tayyorgarlik ko‘rganmiz. Shu sababli, format borasida muammo yo‘q. Toshkentda to‘p tepganimizda albatta yaxshiroq bo‘lar edi, ammo buning imkoni yo‘q.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev suhbatlashdi

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:32, 27.09.2020.
O'qildi: 3831 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.