Angliyaning «Liverpul» jamoasi qanot himoyachisi – Endi Robertson klub tarixidagi ikki sardorni o‘zaro solishtirdi. Futbolchi o‘zining “Now You're Gonna Believe Us” deb nomlangan kitobida shu mavzu haqida atroflicha fikr bildirishga urinib ko‘rdi.
“Xendo (Xenderson nazarda tutilmoqda) sardorlik bog‘ichini qo‘lga kiritgach, unga barcha shubha ko‘zi bilan boqishni boshladi. Barcha, u Stiven singari buyuk emasligini bilar edi, ammo buni hech kim Xendo singari yurakdan his etmagan.
Shu sababli, Jordan o‘zini Stiven Jerrard bilan qiyoslashlarini hush ko‘rmaydi. U muxlislar uni maydondagi mehnati uchun qadrlashlarini yoqtiradi. Afsuski, bu ish birdaniga sodir bo‘lgani yo‘q. Muxlislar uning klub g‘alabalari uchun qo‘shayotgan hissasini sekin-asta tushunib borishdi.
Endilikda, uni «Liverpul»ning barcha muxlislari juda ham hurmat qiladi. Bugungi kunda hech kim Jordanga Jerrarddan sardorlik bog‘ichini qabul qilib olgan yigitchaga qaragandek qaramaydi.
To‘g‘ri, hech kim Stivendan mashhurlik yoki buyuklik borasida o‘tib keta olmaydi, ammo Xenderson ham endi jamoa tarixiga kirdi. Endi u ham klub uchun sovrinlar yutishda yordam bergan sardor sifatida xotirlanadi. Shu sababli, uni klub muxlislari hurmat qilishni boshladi.
Jordan jamoa bilan birgalikda Yevropa chempionlar ligasida zafar quchdi. Keyin «Liverpul» APLda uddalay olmagan ishni amalga oshirdi. Yakunda uni Angliyadagi eng yaxshi futbolchi deb e’lon qilishdi. Barchasi navbati bilan uni Jerrard singari jamoa faxriga aylantirib bormoqda.
Shu o‘rinda, uning menga ham ta’siri bor ekanligini alohida qayd etib o‘tmoqchiman. Shotlandiya terma jamoasi sardori bo‘lish ilinjida ekanligimdan xabar topgach, menga muxim maslahatlar berishni boshladi. Men Xendoni har kuni mashg‘ulotlar bazasida uchrataman. E’tiborlisi shundaki, undan har kuni nimadir o‘rganish mumkin. Ayniqsa, o‘z ustida ishlash borasida u chinakam benazir.
Meni oshirib yuboryapti deb o‘ylamang! Xendo har bir o‘yinga finalga tayyorgarlik ko‘rgandek tayyorlanadi. Uning g‘alabaga bo‘lgan chanqoqligi bizga ham ta’sir ko‘rsatdi. Shu tariqa, u o‘zi bilmagan holda «Liverpul»ning yanada kuchli bo‘lishi uchun zamin yaratdi. U hech qachon o‘zini o‘zgacha deb hisoblamagan.»