Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

"Paxtakor" murabbiyi "Persepolis"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?

"Paxtakor" murabbiyi "Persepolis"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?

Baho:
+ | -

"Persepolis" bilan o‘yindan avval "Paxtakor" yordamchi murabbiyi Piter Xyuistra matbuot anjumanida qatnashishdi.

- Barchaga xayrli kun! Bizni juda ham keskin o‘yin kutmoqda deyish mumkin. Biz eng yaxshi 4 klub orasidamiz, "Persepolis" juda kuchli raqib. Shunga qaramasdan o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik va g‘alaba qozonishimizga ishonamiz, maqsadimiz ham shu.

Shunday bo‘lishi ham mumkin. Hammasi o‘yinning qanday boshlanishidan kelib chiqadi, uchrashuvning ahamiyati yuqori. Startda futbolchilar o‘zlarini qanday tutishlariga ko‘p narsa bog‘liq. Qanday himoyalanish yoki vaziyatlarni ko‘ra olish kabi kichik detallar ham natijaga ta’sir qilishi mumkin. Hammasini ertaga ko‘ramiz. Unda sen barchasini to‘g‘ri qilishing kerak, to‘pga tayyor bo‘lishing va yutishga urinishing kerak. Shu sabab futbolchilarning maydonda ochiq joylarni ko‘ra olishi, qarorlarni to‘g‘ri qabul qila olishi ko‘p narsani hal qiladi. Bu bahsni yutishga urinish kerak, boshqa yo‘l ham yo‘q. Bu chorak final va unda har bir klub yo‘lini davom ettirishni istaydi.

Raqibning ikki yil avval finalda o‘ynagani ertaga ustunlik beradi deb o‘ylamayman. Bu muhim bellashuv, bizning jamoa tarkibida terma jamoada o‘ynagan 11-12 nafar o‘yinchi bor, ular Jahon chempionatlari saralashlarida va umuman katta bosimdagi o‘yinlarda ishtirok etishgan. Bu borada tajribaga egalar. Futbolchilarimiz ulardan nima talab qilayotganimizni yaxshi bilishadi va o‘yin davomida vaziyatni o‘zgartirish uchun qanday harakatlanishni bilishadi. Shu sabab "Persepolis"da ustunlik bor deb o‘ylamayman. Ertaga VAR dan foydalaniladi, bu ham qiziqarli tajriba bo‘ladi deb o‘ylayman. Futbolchilar uchun ham, hakamlar uchun ham bu esda qolarli bo‘ladi.

Bu kabi turnirlarda har 3 kunda o‘yin o‘tkazganda futbolchilarda charchoq bo‘lishi tabiiy. Kimdir qo‘shimcha bo‘limlarda ishtirok etadi, kimdir qiyin o‘yinlarni o‘tkazadi. Bunday bo‘lishi tabiiy hol, futbolchilarni organizmida ham o‘zgarishlar yuzaga keladi charchoq sabab. Muhimi esa bundan chiqib keta olish zarur. Bu holatlarda o‘yinchilar qo‘shimcha imkoniyatlarini ham ishga solishlari kerak bo‘ladi. Biz ham jiddiy muammolarga duch keldik. Pandemik vaziyat sabab uchta bosqichdan iborat jismoniy tayyorgarlik ustida ishlashimizga to‘g‘ri keldi. Ularni tetikroq qilishga urindik va ular hozir yaxshi holatda deb aytishim mumkin. Ertaga bu borada yanada yaxshiroq bo‘lishga intilamiz.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 17:04, 29.09.2020.
O'qildi: 7120 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.