Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Usmon Dembele APLga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turibdi

Usmon Dembele APLga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Kataloniyaning "Barselona" klubi bilan fransiyalik hujumchi Usmon Dembelening transferi borasida deyarli kelishuvga erishganligi haqida AS nashri xabar bermoqda.

Manbaning yozishiga qaraganda, ushbu transfer 50-60 million yevroni tashkil etadi. Dembelening transferidan tushgan mablag‘ning bir qismini "Barselona" "Lion" hujumchisi Memfis Depayni sotib olish uchun sarflaydi.

23 yoshli Dembele "Barselona" tarkibida 2017 yildan beri o‘ynab kelmoqda. U "ko‘k-anorranglilar" tarkibida 75 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol kiritdi va 16 ta golga assistentlik qildi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi.

Kiritildi: 23:50, 29.09.2020.
O'qildi: 11749 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик