Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Andrey Shipilov: "Biz g‘alabaga loyiq emasdik"

Andrey Shipilov: "Biz g‘alabaga loyiq emasdik"

Baho:
+ | -

“Metallurg” – “Andijon” (1:1) jamoalari uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov qatnashdi.

- Bu yilgi mavsumdagi eng yomon o‘yinimizni o‘tkazdik. Imkoniyatlarimizning ellik foizini ham ishga sololmadik. Chiroyli gol urdik, keyin esa o‘yinimiz to‘xtab qoldi, qo‘rqib to‘p surdik, tartibsiz o‘ynadik. “Andijon” esa o‘zining yaxshi xislatlarini namoyish etdi. “Andijon” haqli ravishda durangga erishdi. Biz esa g‘alabaga loyiq emasdik. Qayd etilgan natijani haqqoniy deb hisoblayman.

Abdulhaqov jarohat oldi, Andreevni almashtirdik, majburiy o‘zgarish esa o‘zini oqlamadi. Qolgan o‘zgarishlar haqida ham iliq fikrlarni aytishim qiyin. Bugun jamoamizda qolganlarni ortidan ergashtira oladigan yetakchi futbolchi yetishmadi", - deydi Andrey Sergeevich.

Kiritildi: 20:56, 30.09.2020.
O'qildi: 2601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик