"Milan" yarim himoyachisi Lukas Paketa rasman faoliyatini "Lion"da davom ettiradi. Bu haqda "sherlar" rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Futbolchi yangi jamoasi bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Paketa o‘tgan mavsum "rossonerilar" safida 24ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta golga assistentlik qilgan.