Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

YECHL. Bugungi qur’a haqida batafsil ma’lumot

YECHL. Bugungi qur’a haqida batafsil ma’lumot

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Mazkur marosim haqida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz.

Qachon?
Tadbir 1 oktyabr kuni Jenevadagi Shveysariya radio va televideniyesi studiyasida o‘tkaziladi. Marosim Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.

Ishtirokchi klublar

Ispaniya (4): "Real", "Barselona", "Atletiko", "Sevilya"
Angliya (4): "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Chelsi"
Italiya (4): "Yuventus", "Inter", "Atalanta", "Lasio"
Germaniya (4): "Bavariya", "Borussiya" Dortmund, "RB Leypsig", "Borussiya" Menxengladbax
Fransiya (3): "Pari Sen-Jermen", "Olimpik", "Renn"
Rossiya (3): "Zenit", "Lokomotiv", "Krasnodar" *
Ukraina (2): "Shaxtyor", "Dinamo" Kiyev*
Portugaliya (1): "Portu"
Belgiya (1): "Bryugge"
Turkiya (1): "Istanbul Bashakshexir"
Niderlandiya (1): "Ayaks"
Gresiya (1): "Olimpiakos"*
Vengriya (1): "Ferensvarosh"*
Avstriya (1): "Zalsburg"*
Daniya (1): "Mityulland"*

* pley-off bosqichi orqali guruh bosqichiga chiqqan klublar

Savatchalar tarkibi

1-savatcha
"Bavariya" (GER), YECHL g‘olibi
"Sevilya" (ESP), Yevropa ligasi g‘olibi
"Real" (ESP)
"Liverpul" (ENG)
"Yuventus" (ITA)
"PSJ" (FRA)
"Zenit" (RUS)
"Portu" (POR)

2-savatcha
"Barselona" (ESP) koeffisiyent 128,000
"Atletiko" (ESP) 127,000
"Manchester Siti" (ENG) 116,000
"Manchester Yunayted" (ENG) 100,000
"Shaxter" (UKR) 85,000
"Borussiya" Dortmund (GER) 85,000
"Chelsi" (ENG) 83,000
"Ayaks" (NED) 69,5000

3-savatcha
"Dinamo" Kiyev (UKR)* 55,000
"Zalsburg" (AUT) 53.500
"RB Leypsig" (GER) 49,000
"Inter" (ITA) 44,000
"Olimpiakos" (GRE)* 43,000
"Lasio" (ITA) 41,000
"Krasnodar" (RUS) 35.5000
"Atalanta" (ITA) 35,500

4-savatcha
"Lokomotiv" (RUS) 33,000
"Olimpik" (FRA) 31,000
"Bryugge" (BEL) 28,500
"Borussiya" Menxengladbax (GER) 26,000
"Istanbul Bashakshexir" (TUR) 21,500
"Mityulland" (DEN) 14,500
"Renn" (FRA) 14,000
"Ferensvarosh" (HUN)* 9,000

Qur’a tartibi
26ta jamoa bevosita guruh bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘lgan bo‘lsa, yana 6ta klub saralash bosqichi orqali yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Jamoalar qur’a oldidan 4ta savatchaga ajratilgan. Dastlabki savatcha YECHL va Yevropa ligasining amaldagi g‘olibi, hamda UYEFA reytingidagi top-6 assosiasiyalar chempionlari o‘rin olishgan. Qolgan savatchalar esa UYEFA klublar reytingi asosida shakllantirildi.

Bir mamlakat vakillari bir guruhdan o‘rin olishmaydi.

UYEFA sovrinlari
Qur’a tashlash marosimida UYEFA quyidagi sovrinlar g‘oliblarini e’lon qiladi:

— Mavsumning eng yaxshi futbolchisi
— Mavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi
— Erkaklar futbolida mavsumning eng yaxshi murabbiyi;
— Ayollar futbolida mavsumning eng yaxshi murabbiyi;
— YECHL-2019/2020ning eng yaxshi darvozaboni;
— YECHL-2019/2020ning eng yaxshi himoyachisi;
— YECHL-2019/2020ning eng yaxshi yarim himoyachisi;
 — YECHL-2019/2020ning eng yaxshi hujumchisi;
— Ayollar o‘rtasidagi YECHL-2019/2020ning eng yaxshi darvozaboni;
— Ayollar o‘rtasidagi YECHL-2019/2020ning eng yaxshi himoyachisi;
— Ayollar o‘rtasidagi YECHL-2019/2020ning eng yaxshi yarim himoyachisi;
— Ayollar o‘rtasidagi YECHL-2019/2020ning eng yaxshi hujumchisi;

Guruh bosqichi o‘yinlari sanasi

1-tur: 20/21 oktyabr
2-tur: 27/28 oktyabr
3-tur: 3/4 noyabr
4-tur: 24/25 noyabr
5-tur: 1/2 dekabr
6-tur: 8/9 dekabr

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:30, 01.10.2020.
O'qildi: 14495 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.