Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Superliga. "Qizilqum" o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ga imkoniyat qoldirmadi

Superliga. "Qizilqum" o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ga imkoniyat qoldirmadi

Baho:
+ | -

Bir necha daqiqa oldin Navoiydagi "Yoshlar sport majmuasi" stadionida Coca Cola superligasi 18-tur doirasidagi "Qizilqum" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur futbol uchrashuvi yurtimizda joriy qilingan karantin qoida va me’yorlari sabab muxlislarsiz tashkil etildi.
Uchrashuv futbochilarimizning hujumlari ostida boshlandi. 13-daqiqada Xolmuxammedoving uzatmasidan so‘ng Norbekov to‘pga biroz yetolmay qoldi. 24-daqiqada Norbekovda yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi. 29-daqiqada Alisher Sanoyevning kutilmaganda yo‘llagan kuchli va aniq zarbasini posboni Islomjon Abdullayev egallab oldi.33-daqiqada mezbonlar burchak zarbasidan samara chiqara olishmadi. 36-daqiqada jarima zarbasiga ega bo‘ldik. Muhammanas Xasanovning zarbasi kuchli va aniq bo‘ldi. Nesterov to‘pga egalik qildi. Birinchi bo‘lim nursiz durang bilan intiho topdi.
Ikkinchi bo‘limni mezbonlar faol tarzda boshlashdi. 61-daqiqada raqiblarimizning zarbasi darvozamiz ustuniga tegib qaytdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, yaxshi hujum tashkil qildik . Norbekov ofsaydda qoldi. 72-daqiqada vakillarimiz ijrosidagi chiroyli hujum samarasiz yakun topdi. Norbekov qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelib, Bambaga to‘pni uzatgan edi. Nesterov mahorat ko‘rsatdi. 75-daqiqada futbolchilarimiz raqib darvozasini ishg‘ol etishdi. Murod Xolmuhammedoving uzatmasidan so‘ng Norbekov hisobni ochdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, maydon egalari hisobni tenglashtirishdi. Jamshid Hasanov raqiblarimiz hujumini muvaffaqiyatli yakunladi. Gol o‘tkazib yuborgach, darhol xisobni o‘zgartirishimiz mumkin edi. Berdiyevning zarbasini Nesterov arang qaytardi. Qaytgan to‘pni esa Azimov darvozaga joylay olmadi.Sardor kutmagan edi. 83-daqiqada navoiyliklar ikkinchi to‘pni kiritishdi. Tomivaning pasidan keyin Kasminin uzoq pastki burchakni aniq nishonga oldi. Qolgan daqiqalarda futbolchilarimizda bir qator vaziyatlar bo‘lganiga qaramay, hisobni tenglashtira olishmadi.

"Qizilqum" - "Qo‘qon-1912" – 2:1 (0:0)

Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, Zufar Eliboyev, Farhod Usmonov, Naim Qosimov.

Nazoratchi: Aleksandr Popov.

Komissar: Erkin Baxtiyorov.

Gollar: Jamshid Xasanov (79), Vladislav Kasminin (83). - Shohnazar Norbekov (75).

“Qizilqum”: 1. Ignatiy Nesterov, 5. Vladislav Kosminin, 8. Ruslan Magriyev, 10. Alisher Sanoyev, 17. Salim Mustafoyev, 18. Jasur Azimov, 21. Muhsin Ubaydullayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 44. Ibragim Gvadamosi, 75. Oleg Tolmasov, 88. Jamshid Hasanov (15. Vohid Shodiyev – 89).

“Qo‘qon-1912”: 96. Islomjon Abdullayev, 3. Bobir Akbarov, 7. Shohnazar Norbekov, 9. Suhrob Berdiyev, 10. Quvondiq Ro‘ziyev, 15. Oybek Rustamov, 17. Muzaffar Muzaffarov (91. Yakuba Bamba – 71), 20. Iqboljon Malikjonov, 22. Muhammadanas Hasanov (13. Sardor Azimov – 71), 23. Aleksandr Merzlyakov (69. Filip Rayevas – 87), 70. Murod Xolmuhammedov.

Kiritildi: 21:33, 02.10.2020.
O'qildi: 2453 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик