Italiyaning "Atalanta" futbolchisida ham koronavirus aniqlangani haqida klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, nomi sir saqlanayotgan futbolchida COVID-19 alomatlari yo‘q. Test natijasi virusning past konsentrasiyasini ko‘rsatdi. Lekin kasallikni boshqalarga yuqtirmasligi sababli, futbolchi karantinga olindi.