Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Liverpul» futbolchisi «Verder»da

«Liverpul» futbolchisi «Verder»da

Baho:
+ | -

Transfer olamidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Kyeza «Yuve»da!

Italiyaning «Fiorentina» jamoasi hujumchisi Federiko Kyeza faoliyatini «Yuventus»da davom ettiradi.

«Sky Italia» nashrining ma’lum qilishicha, ayni damda hujumchi Turin klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, tomonlar futbolchining transfer summasi borasida kelishuvga erishgan. Bundan tashqari, shaxsiy shartnoma borasida futbolchi bilan ham kelishuv hal etilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, bugun tunda «Yuventus» Federikoning transferini rasman e’lon qiladi.

«Liverpul» futbolchisi «Verder»da?!

Transfer huquqi «Liverpul»ga tegishli bo‘lgan Marko Gruich faoliyatini Bundesligada davom ettiradi.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, 24 yoshli futbolchi bilan «Verder» shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchining o‘zi APLga qaytmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, Marko bilan shuningdek Italiyaning bir nechta klublari ham qiziqib qolgan edi.

Ryudiger «Milan»da?!

Londonning «Chelsi» klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini «Milan»da davom ettirishga rozi bo‘ldi.

«Tuttosport» nashrining ma’lum qilishicha, himoyachi o‘yin amaliyotisiz qolib ketmoqchi emas. U mavsum so‘nggida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Yevropa chempionatida to‘p surishni reja qilgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Milan» himoyachini bir mavsumga ijaraga olmoqchi.

Barreka «Fiorentina»ga o‘tadi

«Monako» klubi markaziy himoyachisi Antonio Barreka tez orada «Fiorentina» a’zosiga aylanadi.

«Tuttosport» nashrining ma’lum qilishicha, bugun futbolchi Italiyaga uchib keldi va tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Binafshalar» himoyachini bir mavsumga ijaraga olmoqda. Shunindek, ularda mavsum so‘nggida Barrekani 5 million yevro evaziga to‘liq sotib olish imkoniyati mavjud.

Bugun «Qizil iblislar» avjida

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi transfer oynasining so‘nggi kunidagi rejalarini oshkor qildi.

«The Sun» nashrining ma’lum qilishicha, «qizil iblislar» jamoa nishonida «Portu» himoyachisi Aleks Tellas va erkin agent maqomidagi Edinson Kavanilar mavjud.

Manbaning ma’lum qilishicha, jamoa Usman Dembeleni ijaraga olishga yana bir bor urunib ko‘radi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:00, 05.10.2020.
O'qildi: 9269 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.