Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Olivye Jiru Ukrainaga (7:1) qarshi o‘rtoqlik yaqin bahsida dublga erishdi.
Shu tariqa 34 yoshli forvard milliy jamoadagi gollarini 42taga yetkazib, 41ta to‘p kiritgan Mishel Platinini ortda qoldirdi va 2-o‘ringa chiqib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Tyerri Anri sanaladi (52ta gol).