Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Depay nega qoldi?

Xabaringiz bor, «Lion» hujumchisi Memfis Depay Kataloniyaning «Barselona» jamoasiga o‘tishga juda yaqin turgan edi, ammo bu transfer amalga oshmadi.

«Lion» klubi Prezidenti Jan-Mishel Olye ushbu vaziyatga oydinlik kiritishga qaror qildi.

Ochig‘i biz Depayni qo‘yib yuborishga tayyor edik. Barchasini vaqt izmiga qo‘yib berdik. Afsuski, Kataloniya klubi biz bilan aloqaga chiqmadi. Agar bu transferni amalga oshirish uchun imkon bo‘lganida, biz bunga qarshilik ko‘rsatmagan bo‘lar edik.«,-deb uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda »,-Goal nashri.

Eslatib o‘tamiz, Depay yana bir mavsum «Lion» safida qolishga majbur.

«Roma»dan o‘zgacha yurish

Turinning «Yuventus» Klubi sport direktori o‘z klubini o‘zgartirishi mumkin.

"II Masaggero"nashrining ma’lum qilishicha, «Roma» klubi Fabio Paratichini o‘z tomonga og‘dirishni maqsad qilib qo‘ygan.

Manbaning ma’lum qilishicha, Rim klubi «Milan» bilan shartnoma imzolashga yaqin turgan murabbiy - Ralf Rangnik varianti ustida ham bosh qotirmoqda.

Romero MLSga yo‘l oladi?!

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi darvozaboni Serxio Romero faoliyatini MLSda davom ettirishga juda yaqin turibdi.

Goalnashrining ma’lum qilishicha, darvozabon «Everton»ga o‘tmoqchi edi, biroq transfer amalga oshmadi. Endilikda, o‘yin amaliyotisiz qolib ketmaslik uchun Romero okean ortiga yo‘l olishga qaror qilgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, darvozabon bilan bir nechta AQSHning o‘rtamiyona klublari qiziqib qolgan.

Upamekano kechiktiriladi

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi Dayot Upamekanoni qo‘lga kiritish borasida barcha imkoniyatlarni saqlab qolmoqda.

"Mirror" nashrining ma’lum qilishicha, futbolchining agenti kelasi mavsumda mijozini 38 million yevro evaziga boshqa klubga o‘tishini rasman e’lon qildi.

Manbaning ma’lum qilishicha, kelasi mavsumda «RB Leypsig» Upamekanoni kuch bilan ushlab qolish imkoniyatiga ega emas. Jamoa shartnoma bandiga ko‘ra, 38 million tovon puli evaziga Upamekanoni qo‘yib yuborishga majbur.

Ma’lumotlarga qaraganda, himoyachi shu banddan foydalangan holda grand klublardan biri bilan shartnoma imzolash niyatida.

Roshi qoladimi?

"Flamengo" «Spartak» klubi bilan Pedro Roshining ijarasi borasida aloqaga chiqdi.

Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, «Flamengo» hujumchini yana bir mavsum jamoada qolishi uchun Moskva klubiga 2 million yevro taklif qilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, «Spartak» o‘z futbolchisini to‘liq 10 million yevrogagina qo‘yib yuborishga rozi. 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:46, 08.10.2020.
O'qildi: 7866 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик