Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

«Bavariya»ning "siri" fosh bo‘ldi

«Bavariya»ning "siri" fosh bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Barselona» Usmanni necha pulga sotmadi?

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi Usman Dembeleni Yanvarda sotib yuborishga qaror qildi.

«Diario Sport» nashrining ma’lum qilishicha, «Barsa» hujumchining transfer qiymatini 80 dan 50 million yevroga qadar tushirgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi hujumchisi uchun asosiy da’vogar «Manchester Yunayted» bo‘lib turibdi.

«Bavariya»ning siri fosh bo‘ldi

Myunhenning «Bavariya» klubi yozda kim bilan shartnoma imzolamoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Taniqli Marca nashrining xabar berishicha, nemislar «Real Madrid» yarim himoyachisi Fede Valverde bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘rgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Bavariya» jamoani tark etgan Tyago Alkantaraning o‘rnini urugvaylik futbolchi bilan to‘ldirmoqchi bo‘lgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Valverdening agenti «Bavariya» rasmiylari bilan uchrashgan va ularga rad javobini bergan.

Alaba Turinda?!

Myunhenning «Bavariya» jamoasi universal himoyachisi David Alaba faoliyatini «Yuventus» klubida davom ettirishi mumkin.

«Tuttosport» nashrining ma’lum qilishicha, avstriyalik futbolchi «Bavariya» bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Shu bois, Turin super klubi uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun Alabaga shartnoma taklif qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Alaba mavsum so‘nggida erkin agent maqomida istagan jamoasi bilan shartnoma imzolash huquqini qo‘lga kiritadi.

Mata ketadimi?

Transferlar bo‘yicha ekspert Yon MakGeri «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mataning kelajagi borasida fikr bildirdi.

Uning aytishicha, Mata bilan turk klublari qiziqib qolgan bo‘lib, ular ispaniyalik yarim himoyachi uchun 10 million yevrodan voz kechishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Sulsher yarim himoyachini o‘z rejalariga kiritmagan. Shu bois, Mataning agentlari mijozi uchun yangi klub izlashda davom etmoqda.

Manjukich “Liga 1" ga yo‘l oladimi?

«Bavariya» va «Yuventus» klublarining sobiq futbolchisi Mario Manjukich faoliyatini «Marsel» jamoasida davom ettirishi mumkin.

“Footmercato” nashrining ma’lum qilishicha, fransuz klubi 34 yoshli futbolchi uchun 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Avvalroq, «Lokomotiv» bilan maosh borasida kelisha olmagan xorvat tez orada muzokaralarga kirishadi.

Eslatib o‘tamiz, Manjukich ayni damda erkin agent maqomida va o‘zi uchun yangi jamoa izlamoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:46, 10.10.2020.
O'qildi: 11349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.