Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Nazorat o‘yini. «Navbahor» «Andijon»ni mag‘lub etdi

Nazorat o‘yini. «Navbahor» «Andijon»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Bugun Namangan shaxrida «Navbahor» va «Andijon» jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘yin "Vodiy derbisi" nomiga xos tarzda keskin kurashlarga boy o‘tdi. Birinchi bo‘limda andijonliklar a’zosi Shahboz Jumaboyev yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalanib hisobni ochdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay «Navbahor» futbolchisi Abbos G‘ulomov darvozamizni ishg‘ol etib, hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Zabihillo O‘rinboyev mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi - 2:1. Shu tariqa birinchi bo‘lim yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda nadijonliklar safida yosh futbolchilar maydonga tushdi. Ozodbek Qahhorov, Muhammadali Tursunov va Muhammadkarim Toirov "Andijon" safida norasmiy debyutini nishonlashdi. Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar ketma-ket hujumlar tashkil etishdi. Hujumlarning birida Rustam Qo‘chqorov darvozabon ustidan to‘pni Shahboz Jumaboyevga tashlab berdi, Shahboz bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida «Navbahor» futbolchisi Mirzohid G‘ofurov namanganliklarni hisobda oldinga olib chiqdi va shu tariqa uchrashuv yakunladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
«Navbahor» – «Andijon» 3:2
12 oktyabr 2020 yil. Namangan. «Markaziy» stadioni.
Hakamlar: Mirzohid Mamatxanov, Islom Nosirov, Bobur Ibragimov.
Gollar: Shahboz Jumaboyev 25, - 0:1. Abbos G‘ulomov 27, - 1:1. Zabihillo O‘rinboyev 33, - 2:1. Shahboz Jumaboyev 72, - 2:2. Mirzohid G‘ofurov 87, - 3:2.
«Navbahor»: 1. O‘tkir Yusupov, 4.Ehsoni Panshanbe, 5.G‘iyosjon Komilov, 7.Azimjon Ahmedov, 11.Islombek Isoqjonov, 18.Sardor Telyakov, 20.Davron Hoshimov, 27.Islom Rashidxonov, 28.Xurshidbek Muxtorov, 70.Abbos G‘ulomov, 95.Zabihillo O‘rinboyev.
Zaxiradagilar: Dilshod Hamroyev, Mirzohid Mirzamahmudov, Ivan Solovyov, 16. Abdulhay Ismoilov, 19. Mirzohid G‘ofurov, 25. Shohruh Mahmudhojiyev, 88. Ruslan Bolov.
«Andijon»: 16. Eldor Adhamov, 3. Azamat Isroilov, 4. Farhod Mirahmatov, 5. Xushnudbek Avilov, 6. Baxtiyorjon Qosimov, 8. Farhodbek Bekmuratov, 11. Siroj Meliyev, 15. Rustamjon Qo‘chqarov, 25. Qahramon Bahodirov, 27. Muhammad Yo‘ldoshev, 80. Shahboz Jumaboyev.
Zaxiradagilar: 1. Aslonbek Ahrorov, 2. Muhammadali Tursunov, 17. Ozodbek Qahharov, 18. Muhammadkarim Toirov, 88. Yursinali Topvoldiyev, 99. Jamshid Homidov.

"Andijon" matbuot xizmati

Manba: https://t.me/fcandijan
Kiritildi: 20:34, 12.10.2020.
O'qildi: 2150 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик