Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Igor Sergeev O‘zbekiston terma jamoasi to‘purarlari ro‘yxatida Ja’far Irismetovdan o‘zib ketdi

Igor Sergeev O‘zbekiston terma jamoasi to‘purarlari ro‘yxatida Ja’far Irismetovdan o‘zib ketdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev 12 oktyabr kuni BAA terma jamoasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida (2:1) dublga erishdi.

Bu «Paxtakor» forvardi uchun O‘zbekiston terma jamoasidagi 15 va 16-gollar bo‘ldi. 27 yoshli futbolchi terma jamoa safidagi 53-uchrashuvda ushbu natijani qayd etdi.

Shu tariqa Sergeev O‘zbekiston terma jamoasi to‘purarlari ro‘yxatida Ulug‘bek Baqoyev (14) va Ja’far Irismetovni (15) ortda qoldirgan holda 7-o‘ringa ko‘tarildi.

Terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar Maksim Shaskix bo‘lib, uning hisobida 34 ta gol bor. Ayni damda faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilardan faqat Eldor Shomurodov (21) va Odil Ahmedov (20) Igordan ko‘proq gol urishga erishgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:26, 13.10.2020.
O'qildi: 5467 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик