Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 05:00 Argentina - Kanada

Yurgen Klopp qiyin ahvolda qolgan 11 yoshli bolakayga ta’sirli xat yozdi

Yurgen Klopp qiyin ahvolda qolgan 11 yoshli bolakayga ta’sirli xat yozdi

Baho:
+ | -

Stadion.uz Angliyani rom etishda davom etayotgan Yurgen Kloppning yangi qahramonligi bilan tanishtirib o‘tadi.

11 yoshli Lyuis Balf boshlang‘ich maktabni yakunladi. Endi uni o‘rta maktab kutmoqda. Bolakay hayotidagi keskin o‘zgarish sababli depressiya holatiga tushib qolishdan xavfsiradi va do‘sti bilan shu mavzuda suhbatlashdi. Yangi maktab, yangi fanlar va yangi sinfdoshlar uni qanday qabul qiladi? Ushbu savollar uni qiynab yuborgan edi. Ana shunda, do‘sti unga o‘z «qahramoniga» xat yozib voqeani bayon qilishini, shu tariqa yengil tortishini maslahat berdi. Balf «Liverpul» klubining ashaddiy muxlisi bo‘lgani uchun o‘ylab o‘tirmay Yurgen Kloppga noma yozishga qaror qildi.

Bolakay o‘z ichki hislarini ota-onasidan ham sir tutgancha Yurgen Kloppga pochta orqali yozib yubordi. To‘g‘risi, Lyuis javob xati kelishini kutmagan edi. Xat yuborilgach, bir necha kun o‘tib pochtalyon Balflarning uyiga «Liverpul» klubidan kelgan rasmiy xatni tashlab ketdi. 11 yoshli bolakay, ota-onasidan xat «Liverpul» klubidan kelganini eshitgach, quloqlariga ishonmay qoldi. Hayajon bilan xatni ochar ekan, ushbu noma Yurgen Kloppdan ekanligiga ishongisi kelmas edi.

"Salom Lyuis!

Maylimi men senga avvalo kichik bir sirni ochsam?! To‘g‘risi, men juda hayajonlanyapman. To‘g‘risi, men ham sening o‘rningda asabiylashgan bo‘lar edim. Bu hadik bo‘lmaganida, bizni oldinga chorlovchi energiya ham bo‘lmagan bo‘lar edi. Sen o‘z xatingda menga qiziq savol yo‘llabsan. Men futbolchilarim xavotirga tushsa, qanday yo‘l tutishim bilan qiziqibsan. Ushbu savolning javobi juda oddiy. Ularga birinchi navbatda men uchun qanchalar qadrli ekanliklarini aytaman. So‘ng, ularga ishonishimni aytaman. Bunday uslubni agar oila a’zolarining senga qo‘llasa, ish berishiga shubham yo‘q.

Hayoting davomida yoqimsiz narsalarga duch kelsang sira xavotirga tushma. Xabaring bor, men bir nechta finallarda alamli mag‘lubiyatlar qabul qilib olganman. Aynan shunday yoqimsiz hislarni his etganimga qaramay, do‘stlarim va oila a’zolarimning qo‘llab-quvvatlashi sababli oldinga qadam tashlashda davom etganman. Endi esa, ular oldida yuzib yoriq. Xursand bo‘lishga arizigulik yutuqlarim ham bor.

Agar men yoqimsiz vaziyatlar sodir bo‘lganida to‘xtab qolsam, hech qanday yutuqlarga erishgan bo‘lar edim. Shu bois sen ham pozitiv kayfiyatda bo‘l. Sen hayotingdagi o‘zgarishlarni xursandchilik bilan qarshi ol va ulg‘ayish qanchalar yoqimli ekanligini his et. Ishonchim komil, seni oldinda ajoyib ishlar kutmoqda.

Shu o‘rinda unutmasligin lozim! Sen ulkan «Livepul»ning bir bo‘lagisan! Demak sen sayyoramizdagi millionlab oila a’zolari bor bolakaysan! Aynan shu millionlagan muxlislar seni baxtli bo‘lishingni istashadi! Sening biz bilan ekanliging, men va futbolchilar uchun katta dalda berdi. Umid qilamanki, bu xatim bilan seni biz ham qo‘llab-quvvatlayotganimizdan darak beradi.

Youʼll Never Walk Alone!"

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:07, 13.10.2020.
O'qildi: 3325 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.