Himoyachilar Ben Chiluell va Kiran Trippyerlar Angliya terma jamoasi ixtiyorini tark etishdi. Bu haqda Angliya matbuoti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Chiluell «Chelsi» ixtiyoriga jarohat bilan yetib kelgan. Trippyer esa oilaviy muammolar sababli terma jamoani tark etishga majbur bo‘lgan.
Bu har ikki futbolchi ham ertaga Millatlar Ligasi doirasida Daniya terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.