Ushbu ruknimizdagi tarixiy suratlar bilan tanitirishda davom etamiz.
1976 yil. Antonin Panenko futbol tarixida ilk bor penaltini parashyut uslubida muvaffaqiyatli ijro etdi. Bu zarbalarga ko‘p o‘tmay Penenko nomi berilgan.
2004 yildagi Yevropa chempionati. To‘p uchun kurashda o‘z davrining eng iqtidorli yigitlari sanalgan yoshlar kurash olib bormoqda. «Valensiya» a’zosi Visente Ronaldudan kuchliroq sanalar edi, biroq yakunda Krish o‘z tengqurlarining barchasidan o‘zib ketdi.
Ikkinchi jahon urishi davrida polyak askarlari «Visla»ga muxlislik qilishdan to‘xtamagan.
JCH yarim finali. Fransiya FRG to‘qnash keldi. Asosiy vaqti 3:3 natijasi bilan yakunlandi. Kutilmaganda nemislar futbolchisi Uli Shtilike zarbada adashdi. Uni Litbarski ovutmoqda. Nemislar bu penaltilar seriyasidag‘alaba qozonib finalga yo‘l oladi, biroq ularni finalda Rossi boshchiligidagi Italiya mag‘lubiyatga uchratadi.
2010/11 yilgi mavsum. «Nyukasl» hozirgina "Arsenal"ning 4:0 natijasini yo‘qqa chiqardi. Chek Tiottening goli esa, mavsum so‘nggida APLning eng chiroyli 10 ta golidan biriga aylanadi.
2008 yil Yevropa chempionati chorak finali. Andrey Arshavin hozirgina Van Der Sar darvozasiga 3-golni kiritdi va Gollandiyani uyiga ravona qilib yubordi. Aynan shu gol Rossiya futbolining eng pik nuqtasiga chiqqan paytda urilgan edi.
Bobbi Robson va Joze Mourinyo yordamchi hakamga hujum qilmoqda
1996 yil. Sayyoramizning eng iqtidorli yosh futbolchilari sanalgan Karlos va Kanu to‘qnashuvi Olimpiyada o‘yinlarida sodir bo‘lmoqda.
1930 yil. Argentina terma jamoasi stadion chimini tekshirib olish maqsadida Montevideodagi «Sentenario» arenasiga chiqib kelmoqda.
Berti Fogts Oliver Birhoffga gol urish uchun nimalar qilish lozimligini 1996 yildagi Yevropa chempionati finalida uqtirmoqda. Qizig‘i shundaki, oradan 5 daqiqa o‘tib aynan Birhoff «oltin gol»ni uradi va Germaniyaga chempionlikni olib beradi.
«Manchester Yunayted» tarixidagi eng kuchli jonli devor.
Maradona, Maradona va yana Maradona! Uning o‘zidanda mashhurroq golini yodga olamiz!
2002 yil. Janubiy Koreya Ispaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etmoqda, biroq hakamning halolligi shubha ostida. JCH tarixlaridagi eng sharmandali o‘yin deb baholangan uchrashuvda Al-Gandur ispanlar kiritgan ikkita golni inobatga olmagani uchun e’tirozlar markazida qolib ketmoqda.
1990 yilda Germaniya mundialga yashil liboslarda tashrif buyurib ko‘pchilikning ajablantirgan bo‘lsada, ularning chempion bo‘lgani hech kimni ajablantirmagan.