Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoaning yangi futbolchisi Garet Beyl haqida fikr bildirdi.
«Eng muhimi – jamoa! Jamoaga yordam berish uchun esa Garet shu yerda. Biz Garet uchun qattiq qayg‘uramiz.
Shu tariqa, o‘z qarorlarimiz jamoaning manfaati va Beylning foydasi uchun xizmat qiladi. Eng muhimi u mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazishi va «Tottenxem»da o‘zini baxtiyor his etishi kerak. O‘ylaymanki, bu narsa uning faoliyatidagi ushbu bosqichda juda ham muhim o‘rin tutadi», – dedi Mourinyo.