Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Italiyalik immunolog koronavirusga chalingan Krishtianu Ronalduni tanqid qildi

Italiyalik immunolog koronavirusga chalingan Krishtianu Ronalduni tanqid qildi

Baho:
+ | -

Italiyalik immunolog Antonella Viola Portugaliya terma jamoasi va «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduni tanqid qildi.

«Aynan mana shunday xatti-harakatlardan qochish kerak. Shaharlarni aylanib yurar ekanmiz, klublar oldidagi yig‘ilishlar va odamlarning bir-biri bilan suhbatlashayotganiga guvoh bo‘lamiz. Futbolchilar ehtimol, o‘zini himoyalangan deb hisoblar. Ammo ular noto‘g‘ri fikrda. Ushbu test sizda hozirda virus yo‘qligini bildiradi. Bu bir necha soat davomida yuqtirilmasligingizni anglatmaydi. Shunday ekan hatto yolg‘iz qolganingiz va sog‘lom muhitda bo‘lsangiz ham har doim tibbiy niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlash kerak. Hatto stolda atrofida ham», — deb immunologning so‘zlarini keltiradi Calciomercato.

Avvalroq 35 yoshli hujumchida koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, portugaliyalik kasallikni alomatlarsiz o‘tkazmoqda va o‘zini yaxshi his etmoqda.

Qayd etish joiz, kasallik aniqlanguniga qadar Ronaldu Portugaliya terma jamoasi vakillari bilan kechki ovqatda qatnashgandi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu 2018 yildan beri «Yuventus» sharafini himoya qiladi. Joriy mavsumda 35 yoshli hujumchi Italiya chempionatining ikkita uchrashuvida maydonga tushib, 3 ta gol urdi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:12, 17.10.2020.
O'qildi: 5236 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик