Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

La liga. «Barselona» ham «el-klasiko» oldidan yutqazdi

La liga. «Barselona» ham «el-klasiko» oldidan yutqazdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 6-turi doirasida "Barselona" klubi ham, "Real"ning ortidan, mag‘lubiyatga uchradi. Kataloniyaliklar Madridda "Xetafe" mehmoni bo‘lib, kichik hisobda yutqazishdi.

Mezbonlar butun o‘yin davomida "ko‘k-anorranglilar"ga nisbatan jiddiy pressing ishlatishdi va katta ishtiyoq bilan to‘p tepishdi. Shunga qaramay, hisobni "Barsa" ochishga yaqin keldi. Dastlab bahsning 20-daqiqasida Destning uzatmasidan keyin Messi yo‘llagan zarba ustunga tegib qaytgan bo‘lsa, oradan 10 daqiqa o‘tib Antuan Grizmann raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va noaniq zarba yo‘lladi.

Uchrashuvning 55-daqiqasida esa Frenki de Yong xatoga yo‘l qo‘yib, o‘z jarima maydoni ichida "Xetafe" futbolchisini yiqitdi. Belgilangan penaltini Xayme Mata aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

O‘yin so‘ngida "Barselona" o‘yinni qutqarib qolishga harakat qildi. Bir vaziyatda qanotdan yetkazilgan uzatmani "Xetafe" himoyachisi o‘z darvozasiga joylab qo‘yishiga oz qoldi — to‘p to‘singa tegib qaytdi. Messining 15 metrlardan yo‘llagan zarbasiga esa biroz aniqlik yetishmadi.

Aksincha, Kucho "Barsa" posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib, undan samarali foydalanganida, o‘yinga ertaroq nuqta qo‘yardi. Shunga qaramay, "Xetafe" o‘z uyida "Barselona"ni mag‘lub etdi va o‘z ochkolarini 10taga yetkazib, peshqadamlar safiga qo‘shildi.

Ispaniya La ligasi, 6-tur
Xetafe – Barselona 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:  1:0 – 56, penalti Mata.
Xetafe – Soriya, Olivera, Kabako, Suares, Nyom, Arambarri, Kukurelya, Maksimovich (Molyexo, 90), Jene, Mata (Unal, 71), Ernandes (Timor, 89).
Barselona – Neto, Dest, Serdji Roberto (Puch, 87), Langle, Pike, de Yong (Breytueyt, 80), Buskets, Pedri (Koutinyo, 62), Dembele (Fati, 62), Grizmann (Trinkau, 80), Messi.
Ogohlantirishlar: Pike (24), Mata (27), Kabako (28), Serdji Roberto (41), Nyom (73), Olivera (90), Dest (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:05, 18.10.2020.
O'qildi: 4334 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.