Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Gvardiola: «Ko‘p sabablarga ko‘ra o‘z sport formamizda emasmiz»

Gvardiola: «Ko‘p sabablarga ko‘ra o‘z sport formamizda emasmiz»

Baho:
+ | -

Angliyaning "Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL doirasida "Arsenal" ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu qiyin uchrashuv bo‘ldi, lekin biz 1:0 hisobida g‘alaba qozondik. Ederson «Lids» klubiga qarshi o‘yindagi kabi faol o‘yin namoyish etdi. Ko‘p sabablarga ko‘ra, o‘z sport formamizdan ancha yiroqmiz. Hozir bunga erishish mumkin emas.

G‘alaba bizga katta yordam berdi. Biz yaxshi himoyalandik. Kuchli raqibga qarshi o‘yinda uch ochkoni qo‘lga kiritdik.

Mavsumoldi tayyorgarlik uchun «Arsenal» hisobida ikki yoki uch ortiqcha hafta bor edi. Silva va Kanselolar jarohatdan so‘ng endi jamoamiz tarkibiga qaytashdi. To‘rtta futbolchimiz esa koronavirus sababli mashg‘ulotlarda ishtirok eta olmayapti.

Bugun Ake va Diaslar ajoyib o‘yin namoyish etishdi. «Arsenal»ning hujumlarini hisobga olgan holda, Obameyangni nazorat qilish uchun Kayl Uokerning tezligi muhim edi.

Aguero qaytganidan xursandmiz. U to‘rt oy mobaynida biz bilan birga bo‘lmadi», – dedi Gvardiola.

Kiritildi: 04:25, 18.10.2020.
O'qildi: 2200 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.