Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Ayollar chempionatida 2020 yilgi format o‘zgaradi

Ayollar chempionatida 2020 yilgi format o‘zgaradi

Baho:
+ | -

Pandemiya davri futbol klublari uchun ham og‘ir keldi. Bir qator klublar bosh homiylari smetalarni qisqartirishga majbur bo‘ldi. 

Ayni holatda klublar tejamkor bo‘lish harakatiga tushgan. Bu holat ayollar futboli masalasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazayotgani O‘zPFL uchun ma’lum. Shundan kelib chiqib, biz ayollar chempionatida o‘z jamoasi bilan ishtirok etayotgan 12 ta klub bilan fikr almashdik. 

Mazkur klublar orasidan “Navbahor” ayollar chempionati uchrashuvlarini I davradan keyinoq yakunlash taklifini berdi. Uch klub — “So‘g‘diyona”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor” chempionatni o‘z holida qoldirish va 22 ta tur uchrashuvlarini o‘tkazish istagini ma’lum qildi. 

Ma’lumki, O‘zPFL qoshida tashkil etilgan Komissiya Superliga hamda Pro liga klublari a’zolarinini maxsus ishlab chiqilgan reglament asosida COVID-19 bo‘yicha nazorat qilyapti. Bu bilan biz chempionat uchrashuvlari to‘xtalishlarsiz o‘tishiga erishmoqdamiz. Shuningdek, Toshkentning “Paxtakor” klubi ham Chempionlar ligasida yo‘qotishlarsiz ishtirok etishga erishganida Komissiyaning kichik xizmatlari bor ekani bizni quvontiradi. 

Biroq futbol klublari futzal va ayollar chempionati masalasida bu kabi qat’iy tekshiruvga tayyor emasliklarini ma’lum qilishdi. O‘zPFL bunda O‘FA bilan kelishgan holda ayol futbolchilarni har ikki davra oldidan bir martadan tekshiruvdan o‘tkazish variantini o‘rganib chiqdi. Shuningdek, testlar O‘FA tomonidan klublarga bepul taqdim etiladigan bo‘ldi. 

Shunga qaramay, keyingi turlarda muammolar chiqa boshladi. Oqibatda “Andijanka” futbol klubi bir emas, uch uchrashuvni qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldi. Yana bir uchrashuvga besabab bormagani uchun esa texnik mag‘lubiyat yozildi. Endilikda, “Andijanka” futbolchilari qoldirilgan uch uchrashuvni o‘tkazish uchun kamida 10 kun vaqt sarf etishlari kerak bo‘ladi va faqatgina shunda I davra uchrashuvlari yakuniga yetadi. II davraning yana 11 ta uchrashuvi uchun esa ixtiyorimizda noyabr va dekabr oylarigina qolmoqda. Bu holat klublarga ham, futbolchi qizlarning o‘ziga ham noqulaylik tug‘diradi. 

Shundan kelib chiqib, I davra uchrashuvlaridan keyin jadvaldagi jamoalar teng ikki qismga bo‘linishi va har bir qism jamoalari o‘zaro yana bir martadan to‘qnash kelishi, bu bilan o‘yinlar sonini 5 taga qisqartirib, 17 ta tur bilan mavsumni yakunlash taklifi ilgari surildi. Taklif 8 ta klub — “Andijanka”, “Paxtakor”, “Buxoro”, “Metallurg”, AGMK, “Surxon”, “Qizilqum” hamda “Sevinch” tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ammo buning uchun yuqorida qayd etilganidek, “Andijanka” qoldirilgan o‘yinlarini o‘tkazib olishi kerak bo‘ladi. Bu esa bizga dastlabki va keyingi oltilik jamoalarini aniqlab olishga yordam beradi. 

Bu bilan noyabr oyidagi 5 ta uchrashuv bilan chempionat o‘yinlariga yakun yasash imkoniyati paydo bo‘ladi. Biroq bunda o‘yinlar yana qoldirilmasligi masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir jamoa bo‘lajak raqibini I davra o‘z maydonida qabul qilgan bo‘lsa, endilikda uning uyiga safar etadi yoki shuning aksi. Dekabr oyi esa kubok uchrashuvlari uchun atalishi mumkin. Bu borada klublar bilan alohida fikr almashiniladi. 

O‘zPFL shu vaqtga qadar ayol futbolchilar huquqlarini himoya qilib kelmoqda va keyin ham shunday bo‘ladi. Pandemiya davridagi muammolar va ayni holatlarga saytimiz tomonidan atroflicha tushuntirish berilmoqda. Umid qilamizki, vaziyatga to‘g‘ri baho beriladi. 

Qo‘shimcha qilish kerakki, ayollar futbolining quyi ligasida 8 ta jamoa ishtirok etishi rejalashtirilgandi. Ammo ulardan 6 tasi musobaqada ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi. Natijada musobaqa 2020 yil uchun bekor qilindi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:51, 19.10.2020.
O'qildi: 2103 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик