Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Milan 1-1 Roma
30/12 22:30 Komo 2-0 Lechche
31/12 00:45 Bolonya - Verona
31/12 00:45 Ipsvich - Chelsi
31/12 00:45 Aston Villa - Brayton
31/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl

Angliyada muxlislari eng ko‘p hibsga olingan klublar ma’lum bo‘ldi

Angliyada muxlislari eng ko‘p hibsga olingan klublar ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Britaniyaning Daily Star nashri mamlakat Ichki ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan hisobotni tahlil qildi va 2019/2020 yilgi mavsumda muxlislari eng ko‘p hibsga olingan klublarni aniqladi.

Unga ko‘ra, futbol bilan bog‘liq eng ko‘p hibsga olish holatlari «Lids» muxlislari orasida qayd etilgan — 52. Muxlislar tartibsizliklar uchun 19 marotaba, alkogol ichimliklari bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun 15 marotaba, zo‘ravonlik tartibsizliklari uchun 10 marotaba, yana uchtasi maydonga begona buyumlarni uloqtirgani uchun, ikkitasi maydonga yugurib chiqqani uchun va yana bir martadan qurol saqlagani, pirotexnika vositalaridan foydalangani va zarar yetkazgan jinoyat uchun hibsga olingan.

Muxlislar orasida qamoqqa olinish bo‘yicha keyingi o‘rinlarda «Birminghem Siti» (49) «Bolton» (45), «Aston Villa» (31), «Vest Hem» (30), «Manchester Siti» (29) va «Kardiff» (27) klublari bormoqda.

Ta’kidlanishicha, hibsga olingan «Lids» muxlislari soni har hafta o‘yinlarga tashrif buyuradigan o‘n minglab odamlarning atigi bir qismidir. Biroq xavotirga qo‘yadigan jihat, bu raqamlarning o‘tgan mavsumlarga qaraganda o‘sib borayotganidir. Masalan, 2018/2019 yilgi mavsumda «Lids» muxlislarini futbol bilan bog‘liq 49 ta hibsga olish holati kuzatilgan.

2019/2020 yilgi mavsumda mamlakat bo‘ylab hibsga olinganlarning umumiy soni 2018/2019 yilgi mavsumga nisbatan 1381 dan 1089 gacha kamaygan. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli bu raqamlarni taqqoslashlar noto‘g‘ri bo‘lib, pandemiya muxlislar tashrif buyurgan o‘yinlar sonini sezilarli darajada kamaytirgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:28, 20.10.2020.
O'qildi: 4876 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.