Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem 0-4 Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka 1-0 Las-Palmas
11/05 19:00 Olimpik 1-2 Paxtakor
11/05 19:00 Metallurg 0-0 Qizilqum
11/05 19:00 Vulverhempton 1-3 Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut 1-2 Brentford
11/05 19:00 Everton 1-0 Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl 1-1 Brayton
11/05 19:00 Tottenhem 2-1 Byornli
11/05 19:00 Vest Xem 3-1 Luton
11/05 19:15 Vilyarreal 3-2 Sevilya
11/05 21:00 Napoli 0-2 Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest 2-3 Chelsi
11/05 21:30 Granada 0-4 Real Madrid
11/05 23:45 Milan 5-1 Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio - Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad

YECHL. O‘zgacha Guruh

YECHL. O‘zgacha Guruh

Baho:
+-1 | -

Stadion.uz Yevropa Chempionlar Ligasidagi qiziqarli guruhlar bilan tanishtirishda davom etadi. Bugun e’tibor markazida «Chelsi», «Sevila», «Krasnodar» va «Renn»dan tashkil topgan«E» guruhi.

«Sevilya» ( UYEFA reytingida 10-o‘rin)

Murabbiy: Xulian Lopategi

Yozdagi yo‘qotishlari: Ever Banega Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnoma imzoladi va o‘zining so‘nggi mavsumlarini Osiyoda o‘tkazadigan bo‘ldi. Shuningdek, Serhio Regilonni ham tarkibda olib qolishning imkoni bo‘lmadi. Uni «Tottenhem» ilib ketdi.

Kimlar safga qo‘shildi: Ivan Rakitich 6 yillik sarguzashtlardan so‘ng, jamoaga qaytdi. Shuningdek, Suso va Bunularning transfer huquqi sotib olindi. Andalusiya klubi «Real» tarbiyalanuvchisi Oskar Rodriges bilan shartnoma imzolashga ulgurdi. Chap qanot himoyasini kuchaytirish maqsadida Argentina terma jamoasi a’zosi Markos Akunya bilan shartnoma imzolandi. Transfer oynasining so‘nggi kunida esa, Ussama Idrissi tarkibga qo‘shib olindi.

YECHLdagi eng yaxshi natija: Chorak final 1957/58, 2017/18.

Jamoa yetakchilari: Diyego Karlos, Kunde, Rakitich, Okampos.

Kuchsiz tomonlari: Negadir Yevropa Ligasining mutlaq g‘oliblari YECHLda o‘zini juda yomon his etishadi. Uzog‘i bilan guruhdan chiqishlari mumkin, ammo uyog‘iga rejalar ish bermay qo‘yadi.

Kuchli tomonlari: Xulian Lopategi chinakam jamoani to‘liq shakllantirib bo‘ldi. Jamoaviy o‘yin va qisqa paslarga suyangan jamoa istalgan raqib bilan 90 daqiqa teng o‘yin namoyish etishi mumkin. Ayni damda, ushu jamoa o‘yin borasida Ispaniya chempionatida faqat «Real» va «Barselona»dangina ortda bo‘lishi mumkin xolos.

Optimal tarkib: (4-3-3): Bunu — Xesus Navas, Kunde, Diyego Karlos, Akunya — Fernando, Xordan, Rakitich — Suso, Okampos, De Yong.

«Chelsi» (UYEFA reytingida 15-o‘rin)

Murabbiy: Frenk Lempard

Yozdagi yo‘qotishlari: Ko‘p futbolchilar bilan xayrlashildi, biroq ularning ketishi jamoaga ta’sir ko‘rsatmasligi aniq. Sababi, klub qayta shakllantirilmoqda. Ketganlar orasida Villian va Pedrogina o‘zidan iz qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Qolganlarni esa, maydonda o‘rni bilinmasligi aniq.

Kimlar safga qo‘shildi: Xavers, Verner, Ziyesh, Chiluell, Tiago Silva, Eduard Mendi. Ularning har biri haqida alohida maqolalarimizda tanishtirib o‘tganimiz uchun alohida to‘xtalib o‘tirmaymiz. «Chelsi» transfer kompaniyasi borasida mutlaq rekord o‘rnatdi, ammo hozircha bu kutilganidek naf bermayapti, biroq hali xulosa qilishga erta.

Jamoa yetakchilari: Kante, Aspilikueta, Jorjinyo

YECHLdagi eng yaxshi natijasi: Chempion 2011/12

Kuchsiz tomonlari: Agar butun tarkib til topishib yakdil harakat qilsa, ularni to‘xtatib qolishning imkoni yo‘q. Hozircha, jamoa shakllanmoqda. Shu bois, yuqori marralarni oldinga qo‘yish payti emas.

Kuchli tomonlari: Futbolchilarning klass darajasi juda yuqori. Ayni damda, nomlar borasida «Chelsi» «Real Madrid» bilan ham bahslashishga qodir. Boz ustiga, kelajagi porloq futbolchilarning deyarli barchasi ayni damda London klubida jamlangan. Agar Frenk Lempard o‘z g‘oyasi asosida ularni birlashtirsa, bu yaqin yillar ichida yengilmas jamoani paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Optimal tarkib: (4-2-3-1): Mendi — Aspilikueta, Silva, Zuma, Chiluell — Jorjinyo, Kante — Ziyesh, Xavers, Maunt — Verner.

«Krasnodar» (UYEFA reytingida 43-o‘rin)

Murabbiy: Murad Musayev

Yozdagi yo‘qotishlari: Fernandesh, Spaich va Foulsonlar klubni tark etdi. Shunday bo‘lsada, ularning hech biri «buqalar»ning asosiy futbolchisi emas edi. Shu bois, jamoa deyarli kerakli futbolchilarning barchasini katta musobaqadagi debyuti oldidan saqlab qoldi.

Kimlar safga qo‘shildi: Eldor Shomurodovning ortidan «Rostov» Ionovni «buqalar»ga sotib yubordi. Shuningdek, Smolnikov, Markov va Chernovlar ham «Rostov» bilan shartnoma imzoladi.

YECHLdagi eng yaxshi natijasi: Debyut

Jamoa yetakchilari: Safonov, Gazinskiy, Klasson, Kabella, Berg.

Kuchsiz tomonlari: Afsuski rus klubi katta musobaqa oldidan tarkibni kuchaytirib olishni uddalay olmadi. Pandemiya sababli klub byudjeti katta zarar ko‘rgani rost. Boz ustiga, asosan to‘p nazoratiga urg‘u beruvchi «Krasnodar»ning «B» rejasi mavjud emas. Pressingdan ajoyib chiqib ketuvchi jamoalar ularni ortiqcha muammosiz zararlantirishi mumkin.

Kuchli tomonlari: «Krasnodar»dan hech kim hech narsa kutmayapti. Jamoada hech qanday bosim yo‘q. Ular ushbu musobaqa saralashidagi o‘yinlari bilan barchaga barcha narsani isbotlab bo‘lishdi. Endi shunchaki, o‘yindan lazzat olish uchungina maydonga chiqishadi. Bu esa, yanada erkinroq to‘p surish imkonini berishi mumkin.

Optimal tarkib: (4-2-3-1): Safonov — Petrov, Martinovich, Kayo, Ramires — Vilena, Olsson — Vanderson, Kabella, Klasson — Berg.

«Renn» (UYEFA reytingida 76-o‘rin)

Murabbiy: Juliyen Stefan

Yozdagi yo‘qotishlari: Afsuski, o‘tgan mavsum qahramonimi Eduardo Mendini olib qolishning imkoni bo‘lmadi. Shuningdek, braziliyalik Rafina ham APLga yo‘l oldi. Uni «Lids» o‘z safiga qo‘shib olgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, kerak.

Kimlar safga qo‘shildi: Jeremi Doku "Anderlext«dan 26 million yevroga xarid qilindi. Qahramonimiz shu tariqa klub tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi. »Lion«dan Martin Teriye ham »Renn« bilan yangi shartnoma imzolashga keldi. Italiyadan Dalbert (»Inter«) va Ruganilar (»Yuventus") bilan jamoa mudofaasi kuchaytirildi. Umumiy hisobda, klub 71 million yevroni transferlar uchun sarfladi.

YECHLdagi eng yaxshi natija: Debyut

Jamoa yetakchilari: Da Silva, Nzonzi, Kamavinga, Nyang

Kuchsiz tomonlari: «Renn»da bunday katta musobaqada to‘p surish borasida hech qanday tajriba yo‘q. O‘tgan mavsumda «mo‘’jiza» namoyish etgan darvozabon Eduardo Mendining yo‘qligi ham jamoaga bosh og‘riq bo‘lishi mumkin.

Kuchli tomonlari: «Renn» bu musobaqaga tasodifan kelib qolmagan. Stefan o‘z jamoasini 3 yil davomida shakllantirdi. Jamoaviy o‘yin sababli klub Fransiya Kubogida zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi. Murabbiyning g‘oyalari futbolchilarga to‘liq singgan. Shu bois, klub yashil maydonda o‘z rejasi asosida to‘p surishga intiladi.

Optimal Tarkib:(4-1-4-1): Gomis — Traore, Da Silva, Rugani, Dalbert — Nzonzi — Burigo, Kamavinga, Tere, Kastilyo — Guyrassi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:46, 20.10.2020.
O'qildi: 4666 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.