Myunxenning «Bavariya» klubi futbolchisi Serj Gnabri YECHL doirasida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda nemis klubining rasmiy sayti xabar bermoqda. Ma’lumotga qaraganda, «Gnabri koronavirusga chalingan.
Manbaning xabariga ko‘ra, Serj o‘zini yaxshi his qilyapti va karantinga yuborilgan.
«Bavariya» hamda «Atletiko» jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun kechasi bo‘lib o‘tadi.