Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

«Ayaks»da yetilib kelayotgan bo‘lajak yulduzlar haqida

«Ayaks»da yetilib kelayotgan bo‘lajak yulduzlar haqida

Baho:
+ | -

"Ayaks" tarbiyalanuvchilari orasida Rayan Gravenberx alohida iste’dod egasi sifatida ajralib turadi. 18 yoshli markaziy yarimhimoyachi klub tarixidagi eng yosh debyutant va gol muallifi hisoblanib, asta-sekinlik bilan o‘z liderlik salohiyatini isbotlab kelmoqda.

Jismoniy tomonlama sprinterlik mahorati va maydonni maksimal ko‘ra bilishi uning o‘yinida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shundan bo‘lsa kerak, yigitchani hozirdanoq Pol Pogbaga qiyoslashyotgani katta bir gap. Bir tomondan, bunda yetarlicha asoslar ham mavjud. 17 ta rasmiy uchrashuvda kiritilgan ikkita gol va to‘rtta pas bilan Rayan Ten Xagning muhim o‘yinlardagi asosiy figuralaridan biriga aylangan.

Gravenberx 16 yoshidayoq faoliyatidagi o‘zi uchun muhim sanalgan ilk kubogini qo‘lga kiritdi. "De Toemost"ning ligalari orasida eng kuchli tarbiyalanuvchiga topshiriladigan "Abdulhaq Nuri" sovrini Rayanning kelgusi marralarida ilhomlantiruvchi stimul bo‘lishi shubhasiz. Shuningdek, qahramonimizning milliy jamoada ham ishlari chakki emas. 17 yoshli o‘smir uchun tengqurlari o‘rtasidagi Yevropa chempionatini zabt etish olamshumul natija bo‘lsa kerak. Har qalay futbolchi shunga yarasha mehnat ham qilmoqda. U ichki chempionat doirasidagi dastlabki beshta o‘yindan uchtasida maydonga tushdi. Qolgan bahslarda uning qaydnomaga kiritilmaganida niderlandiyalikning hecham aybi yo‘q. Noqulay vaziyatda yuqtirib olingan koronavirus o‘zini keyingi uchrashuvlarga ruhiy tomonlama yaxshilab tayyorlab olishi uchun qulay imkoniyat bo‘lishi kerak. Hali Chempionlar Ligasining hal qiluvchi pallalarida Gravenberx singari yoshlar Ten Xagga ko‘p asqatashi tayin.

Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan musobaqalar oldidan Rayan yagona ko‘zga ko‘ringan futbolchi emas. "Ayaks"ning yangi avlodi ichida Yurian Timber ismli futbolchi ham bor. 19 yoshli iqtidor egasiga asosiy tarkibdan joy berilishi bilanoq unga 2-raqam topshirilgani diqqatga sazovor. "Ayaks"ning bugungi taktikasida Timberning o‘rni o‘zgaruvchan. Asosan markaziy himoyadagi mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oluvchi Yurian hujumdagi rang-baranglikni oshirish maqsadida qanotga ham o‘tib o‘ynayveradi.

Serjinyo Destning jamoadan ketishi unga yetarlicha o‘yin amaliyotini bermoqda. Timber shu paytgacha endigina 3ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa-da murabbiyning unga bo‘lgan ishonchi yuqori darajada. Uning gollarda bilvosita ishtirok etishi, tartibli va mustahkam himoyaviy o‘yini klub mutasaddilariga manzur kelmoqda.

Futbolchi jamoasi bilan 2024 yilgacha amaldagi shartnomani imzoladi. U va akasi Kuinten singari talantlarning ochilib ketishida "Ayaks" yaxshigina tramplin vazifasini o‘tab beradi. Klubda Rayan hamda Timberdan tashqari asosiy tarkib uchun kurashda yana bir qator yosh futbolchilarga ham imkoniyat taqdim etilmoqda. Ularning ko‘pchiligi katta o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatish uchun maksimal darajada harakat qilishmoqda. Misol uchun, Nikolas Talyafikoga o‘rinbosar sifatida ko‘rilayotgan Devayn Rench, klub debyutantlari orasidagi eng yosh gol muallifi bo‘lgan Nadji Unyuvar, "Man Siti" qiziqish bildirayotgan va U-17 Jahon chempionati to‘purari Sontye Xansen, shuningdek 21ta uchrashuvda allaqachon 12 ta golni o‘z hisobiga yozib ulgurgan Brayan Brobbey Ten Xagning ayni paytda alohida ishonch bildirayotgan shogirdlari sirasiga kiradi. Bu ro‘yxatni hali yana bemalol davom ettirishimiz mumkin. "De Toemost" tizimi anchayin keng qamrovli yo‘ldan boradi. U yerda murabbiylar faqatgina mahalliy futbolchilar bilangina cheklanib qolishmaydi. Xorijiy davlatlarning bir qator akademiyalari bilan hamkorlikda 1000dan ziyod yoshlar uchun teng imkoniyat muhiti yaratib beriladi. Ulardan eng yirigi - "Germinal Beersxot" maktabi.

Biz bejizga yuqorida yosh va umidli futbolchilarga alohida urg‘u berib o‘tmadik. Zero, yaqin mavsumlar oralig‘ida ular Yevropaning top-klublari e’tiboriga tushsa xam ajab emas. "Ayaks"da voyaga yetgan yigitlarning esa keyinchalik qanday marralarni zabt etayotganliklarini barchamiz birdek ko‘rmoqdamiz. Bu yo‘lda esa ularga omad tilab qolamiz.

Yusufbek tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:24, 21.10.2020.
O'qildi: 5429 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.