Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

O‘zil o‘zining APL qaydnomasidan chiqarib tashlanganiga munosabat bildirdi

O‘zil o‘zining APL qaydnomasidan chiqarib tashlanganiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O‘zil tvitterdagi o‘zining sahifasi orqali muxlislarga murojaat yo‘lladi. Eslatib o‘tamiz, klub uni Angliya premyer-ligasi qaydnomasidan chiqarib tashladi.

"Ushbu murojaatnomani "Arsenal" muxlislarga yo‘llash qiyin. Klub meni Premyer-liga uchun ro‘yxatdan o‘tkazmagani sababli hafsalam pir bo‘ldi. 2018 yilda yangi shartnomaga imzo chekan ekanman, men "Arsenal"ga sadoqatimni namoyish qilgan edim. Klub mening sevgimga javob qaytarmayotganini ko‘rish achinarli. Shu paytgacha men sukut saqlab keldim. Chunki tarkibga qaytishimga ishonayotgan edim.

O‘tgan mavsumda chempionatda tanaffus yuzaga kelishidan avval men jamoaning yangi bosh murabbiyi Mikel Arteta boshqaruvida rivojlanayotganimdan qoniqish hosil qilayotgan edim. Biz murabbiy bilan yaxshi til topishdik va nazarimda, yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan edim. Keyin esa barchasi o‘zgarib ketdi va menga "Arsenal" safida o‘ynashga imkon berishmadi.

Yana nima deyishim mumkin? O‘zimni hamon Londonda o‘z uyimdagidek his qilyapman. Jamoada do‘stlarim ko‘p. Muxlislarga o‘rganib qolganman. Nima bo‘lishidan qat’i nazar men o‘z imkoniyatim uchun kurashishda davom etaman va "Arsenal"dagi sakkizinchi mavsumim shu tariqa yakunlanishiga yo‘l qo‘ymayman. Klubning qarori mening ruhiyatimga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Men mashg‘ulotda to‘la kuch bilan ishlab, adolat uchun kurashaman", — deya yozdi O‘zil.

Manba: ua-football.com
Kiritildi: 22:18, 21.10.2020.
O'qildi: 6363 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.