Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Ulug‘bek Baqoyev «So‘g‘diyona»ning beqaror natijasiga nima sabab bo‘layotganini aytdi

Ulug‘bek Baqoyev «So‘g‘diyona»ning beqaror natijasiga nima sabab bo‘layotganini aytdi

Baho:
+ | -

Superliganing 17-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» — «So‘g‘diyona» (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bugun yaxshi jamoaga, O‘zbekiston chempioniga qarshi o‘ynadik. Raqib safida milliy terma jamoa a’zolari bor edi. Shu bois himoyaviy taktikani tanladik va tezkor qarshi hujumga o‘tishga intildik. Nimadir o‘xshadi, nimadir o‘xshamadi. Yigitlar bor kuchlari bilan o‘ynashdi, barchaga o‘yin uchun rahmat aytaman. «Paxtakor»ni g‘alaba bilan tabriklayman", — deydi Baqoyev.

— Bu yilgi barqarorsizlikka nima sabab bo‘lmoqda?
— Birinchi faktor mavsumni omadsiz tarzda boshladik, mag‘lubiyatlar, duranglar, ko‘p ochkolar yo‘qotdik. Keyin pandemiya, karantinlar, ritm buzildi. O‘sha paytda kim ko‘proq tayyor bo‘lsa ko‘p ochko to‘plab oldi. O‘z maydonimizda ko‘p ochkoni yo‘qotdik. Mavsum avvalida yetakchi o‘rinlarda bo‘lishni istagandik. Ammo o‘xshamadi. Bu futbol.

— Sizningcha, Cheranning golida o‘yindan tashqari holat bormidi?
— Murabbiylar zaxira o‘rindig‘idan turib bu vaziyatni ko‘rish qiyin. TV takroriy lavhalarni ko‘rib baho berish mumkin. Rostini aytaman, bu vaziyatda aniq javob bera olmayman.

— Bu mavsumdagi seleksiyadan ko‘nglingiz to‘ldimi?
— To‘g‘risini aytsam, seleksiya 50/50 bo‘ldi. Kimgadir ishondik, ba’zilar jamoaga qo‘shilib keta olmadi. Qaysidir yigitlar o‘zlaridan yaxshi taassurot qoldirmoqda, ba’zilar esa aksincha. Lekin hech kimga e’tirozim yo‘q.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 11:32, 22.10.2020.
O'qildi: 2309 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик