"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O‘zil AQSHga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Futbolchining xizmatlariga "Di Ci Yunayted" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Britaniya matbuoti ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" O‘zilni Premyer-liga va Yevropa Ligasi qaydnomasiga kiritmadi. Futbolchi yanvar oyida klubni tark etishi mumkin.