Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Pro liga. «Neftchi» Zominda g‘alaba qozonib, peshqadamga aylandi

Pro liga. «Neftchi» Zominda g‘alaba qozonib, peshqadamga aylandi

Baho:
+ | -

Pro liganing 13-turida safarda autsayder "Zomin" klubi  bilan bahs yuritgan  "Neftchi", ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritib, turnir jadvalida birinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Bugungi bellashuvda birinchi xavfli vaziyat 6-daqiqada ro‘y berdi. Mezbonlarning xujumchisi Jonibek Ko‘chimov darvozamiz tomon yo‘llagan zarbasi kuchsiz chiqdi. 11-daqiqada esa navbat mehmonlarga o‘tdi va chap qanotdan uyushtirilgan hujum gol bilan yakunlandi. Dostonbek Toshmatov oshirib berilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi — 0:1.

Goldan ruhlangan farg‘onaliklar 23-daqiqada hisobni yanada oshirishdi. Bu gal chap qanotdan yorib kirgan yarim himoyachi Rustamjon Abduhamidov uzoqdan kuchli zarba berib, mezbonlar darvozabonini ojiz qoldirdi — 0:2.

Vaziyatni o‘zgartirish maqsadida zominliklar tomonidan uyushtirilgan hujumlarning birida to‘p jarima maydoni ichida "Neftchi" futbolchisining qo‘liga tegdi va bosh hakam penalti belgiladi. Dilshod Xushbakov penaltini aniq bajarib, hisobdagi farqni qisqartirdi — 1:2. Bu natija birinchi bo‘lim oxirigacha o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘limda katta kuch bilan oldinga tashlangan "Zomin" 62-daqiqaga kelib muvozanatni tikladilar. Bu safar mezbonlardan Otabek Ahmadjonov golga mualliflik qildi.

Lekin g‘alaba ilinjida maydonga tushgan "Neftchi" 74-daqiqada hisobda oldinga olib chiqdi. Jamoa to‘purari Dostonbek Toshmatov gol urib, o‘yindagi dublga erishdi — 2:3.

O‘yin taqdirini hal qilgan gol esa 83-daqiqada kiritildi. Bu safar Dostonbek Toshmatov, Rustamjon Abduhamidov va Mansur Saidovlar  uchligi chiroyli kombinasiya uyushtirishib, to‘rtinchi golni darvozaga joylab qo‘yishdi — 2:4.

Shunday qilib, ertaga davom ettiriladigan 13-tur o‘yinlari oldidan "Neftchi" 27 ochko to‘plab birinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Pro liga 13-tur
“Zomin” - “Neftchi” - 2:4 (1:2)
Gollar: Dostonbek Toshmatov, 11 (0-1), Rustamjon Abduxamidov, 23 (0-2), Dilshod Xushbaqov pen., 28 (1-2), Otabek Axmadjonov 62' (2-2), Dostonbek Toshmatov (2-3) 74', Mansur Saidov (2-4) 83'

"Neftchi" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 20:38, 23.10.2020.
O'qildi: 1875 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.