Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Habib Nurmagamedov: «Otamdan ayrilgach...»

Habib Nurmagamedov: «Otamdan ayrilgach...»

Baho:
+ | -

UFC jangchisi Habib Nurmagamedov ESPN nashri uchun jangdan oldin intervyu berib o‘tdi. Ushbu suhbatda futbolchi raqibi Jastin Gedji va uning imkoniyatlariga baho berdi. Shuningdek, jangga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni borasida fikr almashdi.

- Habib bu sening 29-janging sanaladi. O‘z faoliyatingga nazar tashlagan holatda ayt. Jastin singari raqib bilan oktagonga chiqqanmisan?

- Menimcha, UFCga qadar menda u singari raqiblar bo‘lgan. Sababi, Rossiyada Jastin singari kuchli sportchilar mavjud. Yurtimda Jastin singari parterda yaxshi kurash olib boruvchi, tik turgan holda ham tengma-teng jang olib borishga qodir sportchilar bilan to‘qnash kelganman. UFCda esa, uning prototipidagi sportchi yo‘q. U o‘zgacha, u chap qo‘lda kuchli zarba bera oladi. Eng muhimi, unda kardio borasida hech qanday muammo yo‘q.

- Jastin asosan tik turgan holda jangni o‘tkazadi. Bu sen uchun noqulay. Jangga qanday rejalar bilan tashrif buyuryapsan?

- Uni tik turgan holda yaxshi jang qilishi to‘g‘ri, ammo shu o‘rinda juda ko‘p zarba o‘tkazib yuborishini ham unutmaslik lozim. Men uni tik turgan holda ham zarba bilan qarshi olishga tayyorman. Mashg‘ulotlar chog‘ida unga tik turgan holda jang qilish borasida zo‘r sovg‘alar tayyorlab qo‘yganman. Men butun jangni parter holatiga o‘tkazmoqchi emasman.

- Jangdan oldin, uning parterda yaxshi kurash olib borishi haqida so‘zlanmoqda. O‘rtangizdagi eng katta farq nimada?

- Yagona farqimiz shundaki, men kurashdan to‘xtamayman. Men butun jang davomida raqibga bosim o‘tkazishga o‘rganib qolganman. shu bois, Jastinga juda og‘ir bo‘lishi aniq. Men uni obdon charchataman va jangni istaganimdek muddatidan avval yakunlayman. Uni ruhan sindirishga urinib ko‘rmayman. Shunchaki, jismonan charchatsam kifoya.

- 2020 yil sen uchun juda og‘ir kechdi. Mashg‘ulotlarda qanday ter to‘kyapsan? Hammasi oldingidekmi?

- Tan olish lozim, 2020 yil men uchun juda og‘ir keldi. Yaqinlarimdan ayrildim, ruhan qiyin ahvolda qoldim. Shunday bo‘lsada, bugun jangga chiqib Jastinni mag‘lub etishga o‘zimda kuch topaman. 4 oy avval otamdan ayrildim. To‘g‘risi, nima qilish haqida uzoq bosh qotirdim. Hammasini tashlab ketmoqchi ham bo‘ldim, ammo o‘zimda kuch topdim. Kerakli vaznni qayd etdim. Endi menda kuchli raqib ham bor. Hammasini o‘z o‘rniga qo‘yish uchun ham jangda g‘alaba qozonishim lozim.

Manba: ESPN
Kiritildi: 13:59, 24.10.2020.
O'qildi: 8803 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик