Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Prevyu: “Metallurg” – “Nasaf”

Prevyu: “Metallurg” – “Nasaf”

Baho:
+ | -

amlakat XXIX milliy chempionatining 21-turida “Metallurg” o‘z maydonida Superliganing nomdor jamoalaridan – Qarshining “Nasaf” klubi bilan kuch sinashadi. Bu o‘yin “Metallurg” – “Nasaf” jamoalarning o‘zaro 46-uchrashuvi bo‘ladi. Bugungacha jamoalar 45 marta kuch sinashishgan. Shulardan 28 tasida qarshiliklar g‘alaba qozonishgan, 11 uchrashuvda  esa “Metallurg” raqibini taslim etgan. 6 ta o‘yinda g‘olib jamoa nomi aniqlanmagan, kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati “Nasaf” foydasiga 75:36. O‘zaro o‘yinlarda “Nasaf” 90 ochkoli bo‘lgan, “Metallurg” esa 39 ochko jamg‘argan.

“Nasaf”ning Bekobod klubi ustidan qozongan yirik g‘alabasi – 7:0 (2004) ga teng. “Metallurg” esa ushbu raqibini 3:0 (2002) hisobida mag‘lub eta olgan.

O‘z o‘rnida ushbu o‘yin “Metallurg” uchun kuchlilar safidagi 663-uchrashuv bo‘lishi kutilyapti. Bekobodliklar bugungacha mamlakat chempionatlarida 223 bor g‘alaba nashidasini surishgan. 138 o‘yinda esa raqiblari bilan ochkolarni baham ko‘rgan. 301 ta bahs esa “Metallurg”ning mag‘lubiyati bilan yakunlangan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar nisbati – 825:1016.

Bekobodda bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv:

23.06.2019 «Metallurg» – «Nasaf» 0:1
12.06.2018 «Metallurg» – «Nasaf» 2:2
26.05.2017 «Metallurg» – «Nasaf» 1:0
16.05.2016 «Metallurg» – «Nasaf» 1:0
30.09.2015 «Metallurg» – «Nasaf» 0:1

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 09:10, 25.10.2020.
O'qildi: 1888 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик