Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 0-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-0 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Rodrigo Modrichning ustidan kuldi (video)

Rodrigo Modrichning ustidan kuldi (video)

Baho:
+ | -

«Real» yarim himoyachisi Luka Modrich va hujumchi Rodrigo Goes «Barselona»ga qarshi o‘yinda (3:1) yuz bergan vaziyat borasida bir-birlariga hazil qilishdi.

Bahsning 81-daqiqasida Modrich zaxiradan maydonga tushishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Rodrigoga uzatma berdi. Tabiiyki, braziliyalik futbolchi to‘pga tegina olmasdi va to‘p maydonni tark etdi.

Rodrigo o‘sha vaziyat videolavhasini Tvitterga qo‘yib: «Otaxon, tinchlaning, men hali maydonda emasman!:)», – deya izoh yozdi.

Modrich esa: «O‘g‘lim, nima uchun men bilan o‘ynamading», – deya javob qaytardi.

«Men senga to‘pni qaytardim, otaxon», – deya yozdi Rodrigo va uning uzatmasidan keyin Modrich gol urgan vaziyat suratini ilova qildi.

Eslatib o‘tamiz, Modrich 35 yoshda, Rodrigo esa 19 yoshda.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:11, 26.10.2020.
O'qildi: 7727 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик