Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Mourinyoga "Barsa" futbolchisi kerak

Angliyaning "Tottenhem" jamoasi bosh murabbiyi - Joze Mourinyo "Barselona" yarim himoyachisi Karlos Alenya bilan shartnoma imzolashni istamoqda.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, ispaniyalik futbolchi bilan "Tottenhem" jiddiy qiziqib qoldi. Futbolchi Kuman qo‘l ostida o‘yin amaliyotisiz qolib ketmoqda. "Shporlar" shu omildan foydalangan holda uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchining o‘zi klubda qolib asosiy tarkib uchun kurashib ko‘rmoqchi.

"Yuve" va "Arsenal" Ramos uchun kurashga kirishmoqda

Madridning "Real" jamoasi himoyachisi Serhio Ramos faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

"Calciomercato" nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi rahbariyat bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishgani yo‘q. Ayni damda, muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Shu bois, jamoa sardori yozda yoki qishdayoq boshqa klub bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Avvalroq futbolchi o‘z kuchini APLda sinab ko‘rmoqchi ekanligi haqida ma’lum qilgan edi. Eslatib o‘tamiz, Ramosning "Real Madrid" bilan o‘rtadagi shartnomasi 2021-yilning yoz oyida o‘z yakuniga yetadi.

"Inter" va "Torino" o‘yincha almashtirishi mumkin

Milanning "Inter" klubi "Torino" himoyachisi Armando Isso bilan shartnoma imzolashni istamoqda

Italiya nashrlari bergan ma’lumotlarga qaraganda, "Inter" Armandoni qo‘lga kiritish uchun "buqalar"ga Matias Vessinoni taklif qilmoqchi.

Ikkita futbolchining ham transfer qiymati 25 million yevroni tashkil etmoqda. Shu bois, bu transfer hech qanday muammo tug‘dirmaydi.

"Siti"dan yangi transfer

Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi "Partizan" klubi hujumchisi Ivan Stevanovichni o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi.

"Sky Sport" nashrining ma’lum qilishicha, 18 yoshli futbolchi qishda "shaharliklar" safiga kelib qo‘shiladi. Ayni damda, shaxsiy shartnoma borasida muzokaralar olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jamoa qishda Leo Messi bilan shartnoma imzolashi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi. 

Mbappe kelsa, Benzema...

Kelasi mavsumda Madridning "Real" jamoasi Kilian Mbappeni qo‘lga kiritish uchun harakatni boshlab yuborganidan xabaringiz bor.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, agar Kilian Madridga taklif etilsa, Benzema boshqa jamoaga o‘tadi. Karim o‘z kuchini APLda sinab ko‘rishni istamoqda. Shu bois, Mbappening transferi Karim uchun Madriddagi sarguzashtlarning yakuni bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Manbaning ma’lum qilishicha, Benzema "Real"ning zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishni istamayapti. Shu bois, Kilianning transferi amalga oshsa, APLga yo‘l olmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Benzema uchun asosiy da’vogarlar orasida "Liverpul" va "Chelsi" jamoalari mavjud.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:46, 26.10.2020.
O'qildi: 10414 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.