"Barselona" hujumchisi Ansu Fati "Yuventus" a’zosiga aylanishi mumkin. Bu haqda "Calcio Mercato" xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, turinliklar 2021 yilning yozida 17 yoshli futbolchi uchun "ko‘k-anorranglilar"ga 120 million yevro miqdoridagi taklif yuborishmoqchi.
Ansuman Fati La liganing joriy mavsumida 5ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol va bitta assist muallifiga aylandi.