Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

«Real» katta yo‘qotishga duchor bo‘ladi, agar...

«Real» katta yo‘qotishga duchor bo‘ladi, agar...

Baho:
+ | -

Stadion.uz «Real Madrid» jamoasining abadiy sardori Serxio Ramosning shartnomasi borasida fikr almashadi.

Barcha «Barselona» jamoasining sardori va barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchisi - Leo Messining mavzusi bilan band bo‘lgani uchun Ramosning shartnoma muddati yakunlanayotganini payqamay qoldi. Agar «qirollik klubi» mavsum so‘nggiga qadar Ramos bilan shartnoma imzolamasa, kelasi mavsumda himoyachi erkin agentga aylanadi. Boz ustiga, qahramonimiz ikki oydan so‘ng, boshqa klub bilan shaxsiy shartnoma borasida muzokara olib borish imkoniga ega bo‘ladi.

Bir qarashda, bunga ishonish mushkul. Sababi, 21 asrdagi eng kuchli himoyachilardan birini Madrid bepul qo‘yib yuborishi dargumon. Boz ustiga, futbolchining o‘zi ham boshqa klubda faoliyatini yakunlashni tasavvurqilishi mushkul. Shunday bo‘lsada, Ramos jamoasi uchun shu qadar ko‘p narsa berdiki, unda istagan qarorini qabul qilishi mumkin. Uning har qanday qarorini «qaymoqranglilar» muxlislari to‘g‘ri qabul qilishlari aniq.

Shunday bo‘lsada, Florentina Peres Ramosni qo‘yib yuborishi mumkin emas. Sababi, Serxioning ketishi «Real» uchun bir nechta jabhalarda zarba bo‘lishi mumkin. Birinchi navbatda klub imidjiga putur yetadi. Boz ustiga, Peresning o‘zi ham obro‘si to‘kilishidan cho‘chimoqda. Uning davrida klub afsonaviy Raul va Kasilyaslar bilan juda xunuk xayrlashgan. Ikki sardor ham deyarli butun umrini shu klub uchun sarf etganiga qaramay, yakunda ularga chiqishi eshiklari ko‘rsatib yuborgani hech kimning yodidan ko‘tarilgani yo‘q. Shu bois, bu salbiy voqealarga chek qo‘yish uchun ham Ramosni nima qilib bo‘lsada klubda olib qolish lozim. Uchinchidan Ramosning qolishi prinsip masalasi. «Barselona» o‘z yetakchisi Leo Messini klubda olib qolganiga afsus chekayotgan paytda, «Real» Ramosni nima qilib bo‘lsa ham klubda abadiy saqlab qolishi muhim. To‘rtinchida, Ramos Zidan o‘yin falsafasi uchun juda muhim figura. «El-klasiko»da «Real» Ramos bilan qay darajada kuchli futbol namoyish etishi darrov ma’lum bo‘ldi.

«Real» va Ramos o‘rtasidagi muzokaralar doimo og‘ir o‘tgan

Bugungi kundagi omadsiz muzokaralar ikki tomon uchun ham yangilik emas. Gap shundaki, Remos bundan 5 yil ilgari ham klubdan ketishiga oz qolgan va so‘nggi soatlardagina yangi shartnomaga qo‘l qo‘ygan edi. Qahramonimiz «Manchester Yunated»ga o‘tishi aniq bo‘lgani haqidagi ishonchli manbalar bergan xabarlar ham yakunda o‘zini oqlamagan Serxio Madridda qolgan edi. Hozir ham uning shartnomasi yakuni arafasida turli mish-mishlar soni ortmoqda. Uning APLda kuchini sinab ko‘rmoqchi ekanligi, «Liverpul»ning qiziqayotgani haqidagi xabarlar Ramosni tez orada klubni tark etishiga shama qilmoqda. Agar an’ana davom etsa, Ramos tez orada o‘zi uchun qulay bo‘lgan shartnomaga ega chiqadi.

2010 yilda esa, Ramos «Real»ni biroz qo‘rqitishga qaror qiladi. Yodingizda bo‘lsa, uning agenti sanalgan akasi Rene Ramos«Chelsi» bilan muzokaralar o‘tkazgan edi. Deyarli bir oy davom etgan muzokaralar sababli «Real» Ramosning maoshini 3 barobar ko‘targan va unga 5 yillik shartnoma taklif qilgan edi. Bunga qadar Ramos uch bor boshqa jamoaga o‘tmoqchi bo‘lgan bo‘lsada, 2015 yilda bu ish sodir bo‘lishiga juda oz qolgan edi. Bu haqida futbolchining o‘zi qiyidagicha xotirlaydi:

« Mening Madridni tark etishim 2015 yilda deyarli haqiqatga aylanib bo‘lgan edi. Men bilan shaxsan »Manchester Yunayted« aloqaga chiqqan va o‘z taklifini ma’lum qilgan edi. Oradan bir yil o‘tib, ular yana aloqaga chiqishdi, ammo men Madridda qolishimni ma’lum qildim. Shu o‘rinda, menga bo‘lgan e’tibor uchun »qizil iblislar«ga o‘z minnatdorchiligimni bildirib o‘tmoqchiman. O‘zimni »Real"da baxtli his etaman. To‘g‘ri qaror qabul qilganimga shubham yo‘q.

Darhaqiqat, 2015 yilda Ramos va Peresning aloqalari keskin yomonlashgan edi. Turli sabablarga ko‘ra, ularning «orasida ola mushkul o‘tgan» edi. O‘sha davrda "Marca« nashri klubdagi insayderlari orqali qiziqarli ma’lumotni oshkor qilgan edi. Peres Ramosning »Manchester Yunyated"ga o‘tmoqchi ekanligidan unumli foydalanish maqsadida David De Xeani klubga olib kelmoqchi bo‘lgan, biroq yakunda ikki futbolchi ham o‘z jamoasida qolgan edi. Uning akasi, Rene Ramos esa, o‘zining ishbilarmonligi sababli ukasi uchun juda qulay bo‘lgan shartnomani undirib bergan va Ramos yana uzoq muddat klub sharafini munosib himoya qilgan.

Ramos bu safar ham qoladi!

Katta ehtimol bilan bu safar ham Rene Ramos muzokaralarni ijobiy hal etadi. Balki, bu g‘alati eshitilar, biroq futbolchining akasi chinakam piar menendjer! U taniqli nashrlari bilan ish ko‘radi. Uning intervyulari esa, doimo ispan nashrlarining muqovasida ko‘rinish beradi. Shunga qaramay, ayni damda hech qanday nizo haqida gap-so‘z yo‘q. Boz ustiga, Ramosning boshqa klub bilan muzokaralar o‘tkazayotgani haqida ham mish-mishlar tarqagani yo‘q. Bu vaziyatda, Peres va Ramoslar o‘rtasidagi kelishuv tez orada hal etiladigan ko‘rinadi. Ispan nashrlarining ma’lum qilishicha, bu safar Ramosning o‘zi klubda qolishga qaror qilgan. Moliyaviy masalalar borasida ham Ramos chekinishga tayyor.

Bundan ko‘rinib turibdiki, «Real» 10 yil davomida Ramos bilan muzokaralar o‘tkazaverib ancha «uddaburon» bo‘lib qoldi. Doimo shuv-shuv tarqatishni hush ko‘ruvchi Rene Ramos ukasining «qirollik klubida» butsalarini mixga ilmoqchi ekanligini aytmoqda. Peres esa jim. Zidan bo‘lsa, Serxio qanchalar jamoa uchun kerakli ekanligini takrorlashdan charchamayapti. Zidanning «Real»dagi mavqeyi baland ekanligini inobatga olsak, uning klubda qolishi 90 foiz aniq bo‘lgan masala. Barcha Ramosning klubda qolishi tarafdori, ammo masala yangi shartnoma necha yilga tuzilishiga kelgan tomonlarning fikri bo‘linmoqda. Madrid klub maoshni kamaytirgan holda Ramos bilan yana bir yil hamkorlik qilmoqchi, futbolchi esa, klubdan ikki yillik taklif talab qilmoqda. Ramos 37 yoshga qadar yashil maydonda qolmoqchi. Uning ikki yildan so‘ng, super formada bo‘lishiga Madrid klubi rahbarlari ishonmayapti shekilli?! Yana kim biladi deysiz?!

Umuman olganda, bu 35 yoshli futbolchi bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan normal holat. Agar «Real» qaysarlik qilsa ham Ramos yana bir mavsum jamoada qolishga rozi bo‘lishi turgan gap. «Real» esa, ikki yillik shartnomaga ko‘nib «tantilik» namoyish etishi ham hech gap emas. Umuman olganda, ikki tomon ham hamkorlikni davom ettirish tarafdori, faqat kimdir sal bo‘sh kelsa bo‘lgani. Katta ehtimol bilan «Real» bir qadam chekinadi. Sababi, Ramos eski asal singari yildan-yilga ko‘proq effekt berishda davom etmoqda. Uning og‘ir va surunkali jarohatlari yo‘qligi ish tezda hal bo‘lishidan dalolat. Futbol muxlislari «el-kapitano»ning 37 yoshda ham 90 daqiqa «jang» qilishiga shubha qilishmayapti. Shunday ekan, Ramosni «ilib» ketishni umid qilayotgan PSJ, «Yuventus», «Liverpul» singari grandlar o‘zi uchun boshqa variant izlashni boshlagani ma’qul.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:50, 27.10.2020.
O'qildi: 10975 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.