Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Tur yakunlari: 3 oy uchmagan “lochinlar“,“Nasaf“ni kim to‘xtadi, tur qahramonlari va bugungacha maxsuldorlar kim?

Tur yakunlari: 3 oy uchmagan “lochinlar“,“Nasaf“ni kim to‘xtadi, tur qahramonlari va bugungacha maxsuldorlar kim?

Baho:
+ | -

26-27-28-29 oktyabr kunlari yashil maydonlarimizda O‘zbekiston superligasi 21 tur uchrashuvlari davom ettirildi. Bir muncha qizg‘in ruhda kechgan bahslar ancha shiddatli, kutilmagan voqealar va gollarga boy tarzda yaknunlandi. Dastlab, Qo‘qonda Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari, chempionat yetakchilaridan biri AGMKga qarshi maydonga chiqishdi. Bahs, tomonlarning o‘zaro teng kurashlari asnosida kechdi. Shuning barobarida keskin to‘qnashuvlar yuzaga kelishi mezbonlarning ikki vakili, Shohnazar Norbekov va Suxrob Berdiyevlarning jiddiy jarohatiga ta’sir etdi. Ammo, keyinchalik futbolchilarning ahvoli yaxshi ekanligi ma’lum qilindi.

Ikkinchi taymning oxirgi daqiqalarida, Murod Xolmuhammedovning goli mezbonlarga g‘alaba taqdim etdi. Yakunda, hisobidagi 42 ochkosi bilan ketma-ket ikkinchi o‘yindirki mag‘lubiyat alamini tortgan olmaliqliklar, turnir jadvalidagi 3 o‘rinni “Nasaf“ga bo‘shatib berdi. "Kuchli uchlik"dan umidvor "Qo‘qon-1912" 38 ochko jamg‘arib, 4 o‘rinda borishmoqda. Qo‘qonliklarning yaqin ta’qibchisi “Metallurg“ Bekobodda “Nasaf“ga imkoniyatni boy berdi.Biroz asabiy kechgan to‘qnashuvda, Bobur Abduxoliqov va Dilshod Saitovlarning gollari mehmonlarga ustunlikni ta’minladi, 0:2. Bekobodda 3 ochko bilan qaytgan Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi qatorasiga 10 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz serich qayd etgan holda, vise yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. Andrey Shipilov shogirdlari 32 ochko bilan, 6 pog‘onadan siljishmadi. Seshanbada vodiyda mehmon bo‘lgan “Qizilqum“ning musobaqa autsayderi “Andijon“ bilan uchrashuvida g‘olib nomi aniqlanmadi va shu tariqa ochkolari sonini 19 taga yetkazib, 10 pog‘onaga ko‘tarildi. 21 tur natijasiga ko‘ra 13 ochko bilan 13 o‘rinni band etgan vodiyliklar, ushbu durang o‘laroq, super liga klublari ichida bugungacha eng ko‘p, 10 marotaba murosa yo‘lini tanlagan jamoa hisoblanib turishibdi.

“Burgutlar“dan farqli o‘laroq “lochinlar“ Namanganda raqiblari ustidan zafar quchishdi. “Navbahor“ mehmoni bo‘lgan “Bunyodkor“ safar o‘yinlarining uchinchisida ham mag‘lub bo‘ldi, 2:1. Mehmonlar safida Azizbek Turg‘unboyev hamda Ruslan Bolovlarning gollariga, mehmonlar Xurshid G‘iyosov, O‘tkir Yusupov darvozasiga kiritgan birgina to‘p bilan javob qaytara olishdi xolos. Yakunda, 3 oydan ko‘proq muddatdan so‘ng nihoyat No‘mon Xasanov qo‘l ostidagi jamoa yana 3 ochko ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi va 27 ochko bilan 8 o‘ringa yuqoriladi. Medallar uchun da’vogarlardan hisoblanmish 6 pog‘onadagi Vadim Abramov shogirdlari esa 32 ochko jamg‘arishgan.

 

Chorshanba kungi ikki o‘yindan, tomoshabinlar Termiz hamda Muborakdagi translasiyalar orqali bahramand bo‘lishdi. Ravshan Haydarov jamoasi “Lokomotiv“ bilan 1:1 hisobidagi duranga imzo chekdi. Mezbonlar safidan Aleksandr Kasyan dastlab hisobni ochgan bo‘lsa, mehmonlar vakili Kaxi Maxaradze muvozanatni tikladi. Natijada, “Surxon“ 13 ochko bilan 12, 27 ochko to‘plagan Temur Kapadze shogirdlari esa, 9 o‘ringa joylashishdi.

Shu kuni Bahrom Vafoyev o‘yingohida mehmon bo‘lgan, chempionat karvonboshisi “Paxtakor“ mezbonlarga hech qanday imkoniyat qoldirmadi, 1:4. Dastavval, Dragan Cheranning raqib jarima maydonidagi tartibsizlikdan unumli foydalanib, darvozaga kiritgan to‘piga, mezbonlardan Sherzod Temirov o‘z goli bilan javob qaytardi. Muborakliklar 1 bo‘limda raqiblariga yetarlicha qarshilik ko‘rsatgan bo‘lishsada, ikki taymda o‘yin surati mehmonlar foydasiga o‘zgarib ketdi. Keyinchalik, Rahimjon Davronov o‘z darvozasidan yana uchta to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi. Ushbu gollarni esa, Dostonbek Hamdamov, Igor Sergeev, hamda Diyor Xolmatovlar o‘zlariga rasmiylashtirishdi. Shu tariqa Dilyaver Vaniyev qo‘l ostidagi jamoa ketma-ket yettinchi o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchrab, 19 ochko bilan turnir jadavalidagi o‘rinida o‘zgarish yasay olmadi. “Sherlar“ bitta zahiradagi o‘yindan tashqari 53 ochko jamg‘argan holda yaqin ta’qibchisi bilan o‘rtadagi tafovutni 10 ochkoga yetkazib qo‘ydi.

 

Ushbu turni yakunlab bergan qarama-qarshilik ham aynan Muborakda bo‘lib o‘tdi. Ikki jamoa muxlislari kutgan uchrashuv kutilmagan gollar shousiga aylandi. Unda rasmiy mezbon sifatida harakat qilgan “Buxoro“ “So‘g‘diyona“dan naq 5 ta to‘p o‘tkazib, yengildi. Buxoroliklar tarkibida Suhrob Ne’matov hamda Zohir Pirimovning gollariga, jizzaxliklar, Jasur Hasanov va Shohruz Norxonov qayd etgan dubllar hamda Bahodir Nasimovning 1 goli bilan javob qaytarishdi. Buning natijasida Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari ochkolari sonini 30 taga yetkazib ekvator chizig‘ida, Jamshid Saidov murabbiyligidagi jamoa esa 11 ochko bilan eng quyi pog‘onada borishmoqda.

Ortda qolgan tur yakunlari bo‘yicha qahramonlar:

Murabbiy: No‘mon Hasanov(Navbahor) Klubning murabbiylik shtabida o‘zgarishlar bo‘lganida so‘ng, jamoaning o‘yini sekin astalik bilan iziga tushib, oldinga siljib bormoqda. Ushbu g‘alaba namanganliklar uchun iyul oyidan buyon endi qayd etildi.

Darvozabon: Abduvohid Ne’matov(Nasaf) Futbolchi qatorasiga “Metallurg“ bilan kechgan bahsda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan holda, qatorasiga 3 ta quruq o‘yin o‘tkazdi.

Futbolchi: Jasur Hasanov(So‘g‘diyona)
37 yoshli hujumkor yarim himoyachi “Buxoro“darvozasiga dublni rasmiylashtirdi va jamoasiining ikkinchi to‘purariga aylanib oldi.

Bugungacha Superligada to‘purarlar poygasini Dragan Cheran(Paxtakor) 18 ta gol bilan boshqarib kelmoqda. Ikkinchi o‘rindagi Bobur Abduxoliqov(Nasaf) hisobida 15 ta gol mavjud. Igor Sergeev(Paxtakor) hisobidagi 13 ta gol bilan o‘chinchi bo‘lib turibdi. Shohruz Norxonov(So‘g‘diyona) hamda Murod Xolmuhammedov(Qo‘qon-1912)lar 10 ta gol bilan keyingi o‘rinlarda borishmoqda.

Golli uzatmalar soni bo‘yicha Jaloliddin Masharipov (Paxtakor) 11 ta assist bilan yetakchilik qilyapti. Murodjon Toshmatov(AGMK) hamda Jasur Hasanov(So‘g‘diyona)lar 6 ta muvaffaqiyatli uzatmani amalga oshirishgan. Sherzod Nasrullayev(Nasaf) va Dragan Cheran(Paxtakor)lar hisobida 5 ta assist mavjud.

Kelgusi 22 turda “Nasaf“ ta’qibchilaridan biri “Qo‘qon-1912“ni qabul qiladi.
Andijon “burgutlari“ Termizga parvoz qilishadi. “Lokomotiv“ esa birinchi davradagi mag‘lubiyat alami bilan “Mash’al“da mehmon bo‘ladi.

Toshkentda, ishlari unchalik ham yaxshi bo‘lmagan “Bunyodkor“ “Buxoro“ni taslim etishga urinsa, olmaliqdagi turning markaziy to‘qnashuvida AGMK “Paxtakor“ chempionligini kechiktirishga harakat qilib ko‘radi. O‘ziga ishonchi ortgan “Navbahor“ning manzili Navoiyda “Qizilqum“. Jizzaxda “Sog‘diyona“ 6 o‘rinni egallash uchun “Metallurg“ni yengishga bel bog‘laydi.

Dadajon Foziljonov tayyorladi

Kiritildi: 16:23, 30.10.2020.
O'qildi: 2810 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.