Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Kanchelskis «Navbahor»dan nega iste’foga chiqarildi?

Kanchelskis «Navbahor»dan nega iste’foga chiqarildi?

Baho:
+ | -

So‘nggi ikki hafta davomida Namanganning “Navbahor” klubi atrofida turli munozaralar va bahslar  yuzaga kelmoqda. Ulardan asosiysi esa jamoaning rossiyalik sobiq bosh murabbiyi Andrey Antanasovich Kanchelskis atrofidagi bahslardir. Bu haqda Rossiya hamda yurtimiz ommaviy axborot vositalari (OAV)da turli maqolalar chop etildi.

Jumladan, Rossiyaning “Sport 24” saytiga intervyu bergan Andrey Kanchelskis “Navbahor”dan iste’foga chiqishi sababini klub tomonidan maoshlarning o‘z vaqtida to‘lanmaganligi, klub rahbariyati bilan munosabatlarida muammolar yuzaga kelganligi hamda Namangan viloyat hokimining almashganligi bilan izohlagan.

“Navbahor” PFK esa Andrey Kanchelskisning iste’foga chiqarilishi sabablarini quyidagilar bilan izohlaydi: jamoaning natijalari salbiy tus olganligi  (ya’ni, “Navbahor”ning uning murabbiyligida so‘nggi 9 ta o‘yinda g‘alaba qozona olmaganligi), klub rahbariyati, hamkasblari va muxlislar orasida o‘zining yaxshi mutaxassis ekanligini isbotlab bera olmaganligi, klub rahbariyati tomonidan bildirilgan ogohlantirishlarga e’tiborsizlik qilganligi, ayrim holatlarda spirtli ichimliklar iste’mol qilganligi hamda ushbu xatti-harakatlari bilan o‘z obro‘siga putur yetkazganligi.

Vaholanki, jamoa bosh murabbiyi klubning yuzi hisoblanadi.

“Navbahor” esa nafaqat O‘zbekiston, balki sobiq ittifoq va Osiyodagi obro‘li, shuningdek,  Superliga (oliy liga)mizning muntazam ishtirokchisi bo‘lgan 2 jamoadan biri (“Paxtakor” bilan birgalikda) sanaladi.

Andrey Kanchelskisning oylik maoshlarni o‘z vaqtida berilmaganligi borasidagi fikriga to‘xtaladigan bo‘lsak, klub rahbariyati tomonidan  rossiyalik murabbiyga maoshlari berilganida u atayin, provokasiya uyushtirish maqsadida maoshni olishdan bosh tortgan.Buning sababi esa endi oydinlashmoqda.U bu ishni amalga oshirish bilan “Navbahor” PFKdan ko‘proq kompensasiya puli undirishni rejalashtirgan.     

Shuningdek, Coca Cola Superligasining 10-13-turlari markazlashgan holda, Toshkentda o‘tkazilganida, u spirtli ichimliklar iste’mol qilgan holda, 3-4 kunlab xonasidan chiqmagan. Jamoa mashg‘ulotlarini esa yordamchi murabbiylar o‘tkazishgan.

Shuningdek, Coca Cola Superliga 18-turidan o‘rin olgan, 1 oktyabr kuni Buxoroda o‘tkazilgan “Buxoro” – “Navbahor” (0:0) uchrashuvidan so‘ng, klub rahbariyati tomonidan jamoaning qoniqarsiz natijalarini tahlil qilish maqsadida jamoa murabbiylar shtabiga yig‘ilish o‘tkazilishi borasida xat berilgan. Biroq rossiyalik mutaxassis turli bahonalarni ro‘kach qilgan holda, mazkur yig‘ilishga tashrif buyurmadi.

Umuman olganda, Andrey Kanchelskis jamoaning “Buxoro”ga qarshi kechgan bahsidan so‘ng, Namanganga tashrif buyurmay, klub rahbariyati hamda muxlislar orasiga sovuqchilik tushirishga harakat qildi.

Vaholanki, shu yilning 22 sentyabr kuni klub rahbariyati, xodimlari, “Navbahor” jamoasi murabbiylar shtabi va futbolchilari ishtirok etgan, “Navbahor”dagi ichki muhit, jamoaning so‘nggi o‘yinlardagi omadsizligi sabablari, ijtimoiy tarmoqlarda “Navbahor” to‘g‘risida bildirilayotgan turli fikrlar, shuningdek, jamoamizning Coca Cola Superligasining 17-turidan o‘rin olgan Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi kechadigan o‘yiniga tayyorgarlik bo‘yicha masalalar muhokama qilingan yig‘ilishda rossiyalik mutaxassis klub rahbariyatiga “Navbahor”da joriy mavsum yakuniga qadar faoliyat yuritish, jamoaning mavsum yakunidagi natijasidan kelib chiqqan holda, keyingi faoliyatiga oydinlik kiritishga va’da bergandi.

Buni o‘sha yig‘ilishda qatnashganlar tasdiqlashlari mumkin. Lekin Andrey Kanchelskis o‘sha va’dasi, bundan tashqari, klub rahbariyati, xususan, muxlislarga bergan va’dalarini bajarmay, klub rahbariyatini ogohlantirmagan holda, “Buxoro”ga qarshi kechgan bahsdan so‘ng, Namanganga qaytmay, Rossiya poytaxti Moskvaga jo‘nab ketdi.

Yana shuni ham ta’kidlash joizki, rossiyalik mutaxassisga klub tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilgandi. Lekin Andrey Kanchelskis shunga yarasha ijobiy natija qayd eta olmadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, rossiyalik mutaxassisning nega iste’foga chiqarilganligini bilish uchun uning murabbiyligidagi so‘nggi  9 o‘yin natijasi hamda turnir jadvalidagi holatga nazar tashlash kifoya.

Buni futboldan xabari bor har qanday muxlis yaxshi tushunadi.

Xullas, “Navbahor”ning rossiyalik sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisning klub rahbariyati tomonidan iste’foga chiqarilishining ob’ektiv va sub’ektiv sabablari shulardan iborat.

Boshqa har qanday gap-so‘zlar esa safsatadan o‘zga narsa emas.

“Navbahor” PFK klub to‘g‘risidagi turli mish-mishlarga ishonmaslik hamda har qanday rasmiy ma’lumotning klubimizning pfcnavbahor.uz rasmiy saytida yozilishini ma’lum qiladi.

So‘zimiz yakunida Andrey Kanchelskisning keyingi murabbiylik faoliyatida omad va zafarlar yor bo‘lishini tilagan holda, shuni ta’kidlamoqchimizki, inson har qanday holatda ham insoniylik  fazilatlarini yo‘qotmasligi, o‘z ishining ustasi bo‘lishi hamda quruq va’dalarni bermasligi lozim.       

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:01, 01.11.2020.
O'qildi: 4280 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.