Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Alaba: «Barcha narsani xabarlar dasturidan bilib oldim»

Alaba: «Barcha narsani xabarlar dasturidan bilib oldim»

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi David Alaba rahbariyatning shartnoma uzaytirish taklifini qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori haqida fikr bildirdi.

«Bu haqda kecha kechki payt yangiliklar orqali xabar topdim. Bu muhim voqea bo‘ldi. Ko‘ramiz, qanday yakun toparkin. Hozircha bu haqda o‘ylashga imkoniyatim bo‘lmadi.

«Bavariya»dagi o‘yinlardan zavqlanyapman. O‘zimni qulay his qilyapman va jamoaning bir qismi ekanligimdan xursandman. Kelajakdagi voqealar qanday bo‘lishini ayta olmayman. Menga rasman hali hech kim hech narsa demadi.

Ishqibozlarning munosabatlarini tushunaman. Nima bo‘lgan taqdirda ham, menda boshqa nuqta’i-nazar bor. Ichkaridagi gap-so‘zlar ichkarida qolishini xohlardim. Agar meni shu nurda tasvirlashmoqchi bo‘lsa - bu noto‘g‘ri, muxlislarning reaksiyasini tushunish mumkin.

Ko‘rsatilgan raqamlar shunchaki noto‘g‘ri. "Bavariya" mutasaddilari ularni rad etmaganidan g‘azablandim.

Kelajagim qanday bo‘lishini o‘ylab ko‘rmadim. Biz bir haftada uchta o‘yin o‘tkazdik. «Bavariya» har doim mening ustuvor jamoam bo‘lib kelgan, boshqa klublar bilan muzokara olib bormadim», – dedi Alaba.

Kiritildi: 20:23, 02.11.2020.
O'qildi: 2013 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.