Italiyaning "Inter" klubi markaziy himoyachisi Milan Shkrinyar koronavirusni yengib, jamoaning umumiy mashg‘ulotlariga qaytdi.
Futbolchi koronavirus kasalligini Slovakiya terma jamoasi ixtiyorida yuqtirib olgandi. Endilikda u ushbu infeksiyani to‘liq yengib o‘tdi va jamoaning mashg‘ulotlaridagi ishtirokini boshladi.
Taxminlarga ko‘ra, Shkrinyar Madridda "Real" klubiga qarshi YECHLning 3-turida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda katta ehtimol bilan ishtirok etadi.