Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Pirlo «Ferensvarosh»ga qarshi bo‘ladigan uchrashuv haqida fikr bildirdi

Pirlo «Ferensvarosh»ga qarshi bo‘ladigan uchrashuv haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Andrea Pirlo YECHLning 3-tur doirasida «Ferensvarosh» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ochko juda ham muhim, lekin eng asosiysi – o‘z loyihamiz ustida ishlashda davom etish. Biz to‘pni va o‘yinni nazorat qilishimiz kerak. Bu bizning g‘alaba qozonishimizga qo‘shimcha kuch beradi.

Kyellini mashg‘ulotlarda yaxshi ishtirok etdi. U jarohatdan keyin to‘liq tiklandi va ertaga maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatidan joy oladi.

Dibalada ham hammasi joyida, bugun u bilan gaplashdim. O‘tkazilgan uchta uchrashuvdan keyin charchoq alomatlari borligi tabiiy. Biroq, unda hammasi joyida, u ishlashi kerak va jismoniy holatini yaxshilashi shart. U biz uchun muhim va bizga mavsum mobaynida yordam beradi.

Balki ertaga Dibala yakshanba kuni «Lasio» klubiga qarshi bo‘ladigan o‘yindan oldin dam olar, lekin u yakshanba kungacha tayyor bo‘lishi kerak. Bizda keng tarkib mavjud va futbolchilarga tiklanish imkoniyatini berishga tayyormiz.

Maydonga kim tushishi muhim ahamiyat kasb etmaydi. O‘yinimiz uslubi o‘sha-o‘sha qoladi», – dedi Pirlo Sky Sport Italia.

Kiritildi: 21:39, 03.11.2020.
O'qildi: 1698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик