Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

O‘zPFL rahbari "Andijon" haqida fikr bildirdi

O‘zPFL rahbari "Andijon" haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Predrag Vuyovich degan futbolchi 2015 yil Andijon klubi sharafini himoya qilgan. Keyinroq u qarzdorlik sabab FIFA tomon shikoyat yozgan.

FIFA Andijon FK qarzni to‘lashi kerak, deb qaror chiqargan. Ammo bu vaqtga kelib Vuyovichni o‘ynatgan klub yo‘q qilingan bo‘lib, boshqasi faoliyatini boshlagandi. FIFA kabi tashkilot ham hayratda qolgan. Har ikki klubni mayda detallargacha solishtirgan, futbolkasining rangidan tortib, uy stadionigacha. Xullas, oxir-oqibat FIFA ham ishdan charchab, chetga chiqdi.

Endi Vuyovich Arbitraj sudi orqali qarzni undirish niyatida. Bu vaqtga kelib Andijon FK bir emas, to‘rt martda o‘zgarib ulgurdi. Aynan so‘nggi o‘zgarish arafasida Vuyovichning yana tilga kirgani shubhali. Biroq ayb unda emas, ayb biror firmani bankrot qilib, yangisini ochaveradigan tomonda.

2009-2020 yillarda Andijon viloyati sharafini himoya qiluvchi bosh jamoa sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar to‘g‘risida ma’lumot:

2009 — Andijon professional futbol MCHJ
2010 — Andijon professional futbol MCHJ
2011 — Andijon professional futbol MCHJ
2012 — Andijon burgut PFK MCHJ
2013 — Andijon futboli MCHJ
2014 — Andijon futboli MCHJ
2015 — Andijon professional futbol klubi MCHJ
2016 — Andijon futbol sport PFK MCHJ
2017 — Andijon baxtli yoshlari PFK MCHJ
2018 — Andijon futbol sport PFK MCHJ
2019 — Andijon futbol sport PFK MCHJ
2020 — Andijon futbol sport PFK MCHJ

Vaholanki, reglament bo‘yicha bularning bari mutlaqo yangi klub sifatida faoliyatini eng quyi ligadan boshlashi kerak. Biroq ular O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tavergan. Klub ustavini biror kishi tekshirib ham ko‘rmagan.

Ayni vaqtda yangi firma jamoani Superligada ushlab turibdi. Biroq O‘zPFL mazkur firma bilan imzolangan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazayotgani yo‘q. Murabbiylarga ham mavsum so‘ngiga qadar shartli ravishda zaxira o‘rindig‘idan joy olish uchun ruxsat etilgan. Bu masala Andijon viloyati hokimligi, eski firma, yangi firma, GM hamda futbolga javobgar tashkilot tomonidan atroflicha muhokama etilishi kerak. Masala eski hammom, eski tos bo‘lmasligi shart.

Ma’lumot uchun. O‘zPFL so‘nggi 4 oy ichida Buxoro va Dinamo futbol klubi bosh direktorini nima uchun o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazmagani va keyinchalik unga ruxsat bergani, Qizilqum futbol klubida paydo bo‘lib qolgan bekorchilar masalasiga oydinlik kiritgani kabi masalalar hamma uchun endi tushunarli bo‘lsa kerak. Shuningdek, mavsum avvalida G‘ijduvon futbol klubi ham kishi bilmas boshqa firma ustavini O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazishga urinib ko‘rdi, ammo bu ish amalga oshmadi.

Biror muammo chindan hal etilishi kerak bo‘lsa, o‘sha muammodan qochish emas, uni yechish kerak. Andijon futbol klubi bilan bog‘liq yuqoridagi faktlarning barchasida muammodan qochilgan va ular yechilmagan. Oqibatda 2015 yillarda to‘p surganlar masalasi hali ham osilib turibdi. Shuningdek, biror jamoani yuqori divizionga sun’iy ravishda ko‘tarayotganda ham mana shu jihatni inobatga olish muhim. Maqsad kimning qayerda o‘ynashi emas, masala kim aslida qaysi nuqtada turganida. Sizni ishontirib aytamizki, bizda mavjud bo‘lgan 80 foiz klubning poydevori mavjud emas. Biz faqatgina tomi ko‘rinib turgan uylarni uzoqdan yaxshi qurilgan, deb o‘ylayabmiz xolos. 2021 yildan boshlab barchasi to‘g‘ri yo‘lga tushishi uchun esa tinim bilmay harakat qilyapmiz.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 18:20, 04.11.2020.
O'qildi: 3621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.